Kalit so’zlar



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə41/50
tarix11.09.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#121680
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   50
OLAT (Online Learning And Training) – tizimni ishlab chiqarish 1999-yil Syurix universitetida yaratila boshlangan, 2004-yildan boshlab dastur kodi ochiq kodlikka o`tdi. Hozirga kelib, tizimdan 50 000 ga yaqin foydaluvchi va 50 ga yaqin tashkilot foydalanib kelmoqda. Boshqa LMS lar singari IMS (IMS Content Packaging, IMS QTI) va SCORM standartlarni qo`llab-quvvatlaydi. OLAT dasturiy majmuasida mavjud o`quv modullari quyida keltirilgan: Content managing, Forums, File discussions, Quizzes with different kinds of questions,Wikis, Blogs, Podcast, Surveys, Chat va boshqa modullari mavjud. Apache License 2.0 asosida foydalanish mumkin. OLAT tizimini ishlatish uchun talab etiladigan dasturiy majmualar: Java SDK, Tomcat Servlet Engine, ma’lumotlar omboridan MySQL yoki PostgreSQL. OLAT dasturiy majmuasida foydalanuvchilar (administrator, o`qituvchi, o`quvchi) rollaridan foydalanishlari mumkin.
DokoesClarolinening 1.4.2 versiyasidan ajralib chiqqan yangi dasturiy majmua hisoblanadi. Dokoes Claroline platformasini ishlab chiqqan dastlabki ishchi guruh bir necha a’zolarining ish mahsuli bo`lib, ular ta’lim muassasalari uchun yaratilgan Claroline tizimidan farqli ravishda, davlat korxonalarining ishchi xodimlariga moslashtirishni maqsad qilishdi va amalga oshirishdi. Dokoes dasturiy majmuasining 2 turdagi versiyalari ishlab chiqarilgan, ular Dokoes Free – bepul va Dokoes Pro – bepul bo`lmagan, qo`shimcha modullarga ega bo`lgan dasturiy paketlaridir. Lekin Dokoes Free versiyasi yordamida ta’lim jarayonini tashkillashtirish uchun kerak bo`ladigan barcha o`quv modullari mavjud. Tizimning mavjud o`quv elementlaridan va o`qitish modullaridan ta’lim muassasalarida ham foydalanish mumkin. Hozirgi vaqtda LMS larining ko`pchiligi ijtimoiy tarmoqlardagi mavjud g`oya asosida o`zlarining ishchi muhitlarini shunday tarmoqlarga moslashtirmoqda. Shunga ko`ra, bu tizimda ham ijtimoiy tarmoq elementlari keng kiritilgan. Yuqorida keltirilgan LMS tizimlari singari Dokoes dasturiy majmuasi ham SCORM standartini qo`llab-quvvatlaydi. Bu esa ushbu standartni qo`llab quvvatlaydigan boshqa LMS tizimlariga o`quv kurslarini eksport/import qilish imkoniyatini beradi.
Sakai – dunyoning ko`pgina ta’lim muassasalarida keng foy-dalanib kelinayotgan navbatdagi ochiq kodli GNU GPL litsenziyasi asosida erkin tarqatiluvchi dasturiy majmua hisoblanadi. Boshqa LMS tizimlaridan farqi shundaki, tizim to`liq JAVA tilida yozilgan. Shu sababli tizim kross-platformali hisoblanadi. Sakai dastur majmuasining o`zida ma’lumotlar ombori mavjud bo`lib, agar foydalanuvchilar soni kam bo`lsa, tizimning ichki ma’lumotlar omboridan foydalanish mumkin. Agar foydalanuvchilar soni ko`p bo`lsa, u holda MySQL yoki Oracle ma’lumotlar omborida ishlashi mumkin. Sakai dastur majmuasida ta’lim jarayonini boshqarish imkoniyatini beruvchi quyidagi umumiy modullar mavjud:

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə