Kalit so’zlar



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə43/50
tarix11.09.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#121680
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   50
Repository Search – tizim ichidagi ma’lumotlarni qidirish moduli.
O`qituvchi uchun maxsus ishchi modullari (Teaching tools) quyidagilardan tarkib topgan:Assignments, Grade book, Module Editor, QTI Authoring, QTI Assessment, Section Management, Syllabus.
Tizim muhitida o`quvchi uchun ishchi modullari (Portfolio tools) quyidagilardan iborat:Forms, Evaluations, Glossary, Matrices, Layouts, Templates, Reports, Wizards, Search, Web Content, WebDAV, Wiki, Site Setup, MySakai, Widgets.
Ilias – bu tizim ham erkin va ochiq kodli masofaviy ta’lim jarayonini boshqaruvchi LMS tizimi hisoblanadi. Dasturiy majmua 1998-yildan hozirgi vaqtgacha rivojlanib kelmoqda. Boshqa tizimlarda mavjud bo`lgan o`qitish modullari bu tizimda ham bor: Forums, Materials, Messenger, Chat, Exercises, Student tracking, Calendar, Glossari, Wiki va boshqa modullari mavjud. Ushbu SCORM standartiga to`liq javob beradi. Tizimning boshqa tizimlarga nisbatan avfzal tomonlaridan biri elektron nazorat turlarining yaxshi yo`lga qo`yilganidadir. Quyida ko`rsatilgan elektron nazorat turlari: single choice, multiple choice, matching, fill-in-the-blanks, hot spots, flash, java applet va boshqalarni o`z ichiga oladi. O`quvchilarning olgan natijalarini tahlil qilish va sertifikatlash imkoniyati ham mavjud.
ATutor – tizimi ommalashgan masofaviy ta’lim tizimlari qatoriga kiradi. ATutor tizimning tarkibida quyidagi modullar mavjud: Forum, Glossary, File Storage, Site map, My tests and surveys, My tracker, Directory, Export content, Chat, Links, Polls, Blogs, Web search va h.k. Bu tizimda yaratilgan kurslar ob’yektga mo`ljallangan dasturlash tillarida klasslarni yaratish jarayoni kabi uch xil tipda aniqlanadi. Chunonchi, public, Private, Protected. Foydalanuvchilar bilan ishlashda ham ular uchun bir qancha rollar mavjud bo`lib, ular disabled (ta’qiqlangan), deconfirmed (faollashtirilmagan), student (talaba), instructor (o`qituvchi tyutor), administrator(administrator).
Open ELMS – erkin va ochiq kodli navbatdagi masofaviy ta’lim jarayonini tashkillashtirish imkoniyatini beradigan tizim bo`lib, GNU GPL litsenziyasi asosida foydalanuvchilarga foydalanishlari uchun tarqatiladi. Tizimning o`zi erkin va ochiq kodli bo`lganligi bois ham, dasturiy majmuani yaratishda ochiq kodli dasturiy ta’minotlardan foydalanilgan.
eFrontdasturiy majmua PHP ni qo`llab-quvvatlovchi barcha operatsion tizimlarda ishlaydi. Ma’lumotlar bazasi sifatida MySQL va PostgreSQL dan foydalanish mumkin. Boshqa LMS lar singari IMS va SCORM standartlarni qo`llab-quvvatlaydi. Tizim 30 dan ortiq tilga tarjima qilingan, shu qatorida o`zbek tilidagi tarjimasi ham mavjud. eFront tizimining bir qancha versiyalari ishlab chiqarilgan, ular Editions, Enterprise, Educational va Open-source. Open-source versiyasidan foydalanish bepul hisoblanib, qolgan versiyalaridan foydalanish uchun ma’lum qo`shimcha pul evaziga sotib olishingiz mumkin bo`ladi. Lekin eFront dasturiy majmuasining Open-source versiyasi masofaviy ta’lim jarayonini tashkillashtirishingiz uchun yetarli hisoblanadi. Mazkur tizimda o`quv jarayonini tashkil etish uchun bir qancha umumiy modullar mavjud ular qatoriga quyidagilar kiradi: youtube, wiki, workbook, translate, translator, thumbnail, shared files, rss, quote, links, quick mails, lessonstats, lesson sidebar, journal, gradebook, flashcards, faq, crossword, complete test, billboard, banners, blogs, certificates, bbb, chat, infoliosk, idle users, outlook invitation, mg reports va administration tools. Tashkil etilgan darslar uchun quiydagicha maxsus modullar mavjud: Theory (Nazariy qism), Examples (Misollar), Projects (Loyixalar), Tests (Testlar), Lesson rules (Dars qoidalari), Forum (Forum), Comments (Izohlar), Announcements (E’lonlar), SCORM.
Ko`rinib turibdiki yuqorida ko`rib chiqilgan LMS tizimlarining imkoniyatlari bir-biridan qolishmaydi.
Moodle – Web muhitida o`qitish va online rejimdagi darslarni tashkil qiluvchi kuchli pedagogik dasturiy majmua hisoblanadi. Mazkur tizimda Forums, Materials, Messenger, Chat, Exercises, Group work, Student tracking kabi ko`plab o`qitish modullar mavjud.
Boshqa LMSlar singari IMS, SCORM va boshqa standartlarni qo`llab-quvvatlaydi. Tahlillar shuni ko`rsatadiki, boshqa LMS tizimlarga qaraganda, eng ko`p qo`shimcha plagin va modullari mavjud bo`lgan dasturiy majmua bu Moodle dasturiy majmuasidir.
Hozirgi vaqtda dunyoning aksariyat ta'lim muassasalari o`z masofaviy ta’lim tizimilarini tashkil etishda Moodle dasturiy majmuasini joriy etmoqdalar.

Ro`yxatga olingan saytlar 62,075



Davlatlar



220



Kurslar



8,552,462



Foydalanuvchilar



77,918,769



Ro`yxatga olinganlar



201,686,138



Forum xabarlari



157,059,272



Resurslar



77,155,402



Test savollari



350,454,047





1.1-Jadval. Moodle bo`yicha statistika (15.04.2017-yil holatiga).
Shuningdek, Respublikamizdagi ko`plab ta’lim muassaslari virtual ta’lim muhiti sifatida aynan Moodle dasturiy majmuasi foydalanib kelinmoqda. Xususan, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining “Virtual ta’lim muhiti” (http://etuit.uz), O`zbekiston Milliy universitetining «Ochiq o`quv-axborot markazi», Xalq ta’limi vazirligi qoshidagi «Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi» (http://moodle.uzedu.uz), Toshkent Turin Politexnika universiteti (moodle.polito.uz), Andijon mashinasozlik instituti (http://moodle.andmiedu.uz).
Ochiq kodli Moodle dasturiy majmuasi o`quv jarayonini boshqaruvchi Web interfeysli muhitga yo`naltirilgan maxsus tizimi bo`lib, asosan global tarmoqda foydalanishga mo`ljallangan. Tizimni yaratishda PHP, MySQL, AJAX, JavaScript, HTML, CSS, XML jQuery kabi qator ochiq kodli dasturiy vositalardan foydalanilgan. Uni ishlatish uchun ma’lumotlar omborini boshqarish dasturi (MySQL yoki PostgreSQL), PHP protsessori, Web-xizmati (Apache yoki IIS) dasturlari sozlangan server zarur. Operatsion tizim sifatida ixtiyoriy keng tarqalgan operatsion tizimlardan biridan foydalanish mumkin (Windows, Linux, Mac OS X, Novell Netware). Mazkur o`quv qo`llanma yozilayotgan vaqtda Moodle tizimining 2.9 versiyasidan foydalanilgan. Tizimning rasmiy internet manzili:
http://www.moodle.org


Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə