Kalit so’zlar



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə38/50
tarix11.09.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#121680
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   50
Loyihalar model. Davlat ta`lim yoki ilmiy-tadqiqot dasturi doirasida keng qamrovlik loyihani amalga oshirish uchun mo`ljallangan masofali o`qitish modelidan iborat. Ushbu modelda asosiy ahamiyat o`quv materiallarini ishlab chiquvchi asosiy mutaxasissis xodimlar, masofali kurslarni olib boruvchi o`qituvchilar va olimlar yig`iladigan ilmiy - uslubiy markazga qaratiladi. Markazda ishlab chiqiladigan masofali kurslar u yoki bu davlat (xudud) ning katta auditoriyasiga uzatiladi. Bunday o`qitish vaqtinchali hisoblanib, loyihada mo`ljallangan ishlar bajarilgandan yoki tugagandan so`ng tugatiladi. Bu modelga misol sifatida Afrika va Lotin Amerkasining rivojlanayotgan davlatlarida turli xalqaro tashkilotlar o`tkazgan qishloq xo`jaligi, agrotexnikaning yangi uslublari, ekologiya bo`yicha va sh.k. masofali o`qitish kurslari olish mumkin.
Chet el davlatlari ekspertlarining ma`lumotlariga ko`ra yaqin yillarda insoniyatni yashashi uchun zarur bo`lgan ta`limning minimal darajasi oliy ta`lim bo`ladi. Shunday ekan, ko`p sondagi talabalarni kunduzgi shaklida o`qitish uchun eng rivojlangan davlatlarning ham byudjet mablag`i chidamasa kerak. Shuning uchun ham oxirgi o`n yillikda kunduzgi bo`limlarda o`qiyotgan talabalarga qaraganda noan`anaviy texnologiya asosida o`qiyotgan talabalarning soni tezroq o`smoqda.
O`qitishning noan`anaviy shakliga o`tish tendensiyasi ana shunday texnologiyalarda kadr tayyorlanadigan va ularni qayta tayyorlaydigan ta`lim muassasalarining sonini ko`payishida ham ko`rish mumkin. 1900-1960 yillarda (60 yil mobaynida) ularning soni 79 ta edi,1960-1970 yillarda (10 yil mobaynida) 70 ta, 1970-1980 yillarda (10 yil mobaynida) 187 ta va 1980 - 1995 yillarda (15 yil mobaynida) 700 ta, 1995-2000 yillarda esa, mingdan oshib ketdi (1 - rasm).
Jahonda uzoq vaqtlardan buyon masofali o`qitish tizimini (MO`T) rivojlanish sabablaridan biri ixtiyoriy yerda yashayotgan har bir o`quvchiga ixtiyoriy kollej yoki universitetda ta`lim olish imkoniyatini yaratishdan iborat. Bu "talabalarni bir davlatdan boshqa davlatga jismonan siljishi" konsepsiyasidan "ta`lim ashyolarini almashinish orqali bilimlarni taqsimlash maqsadida ko`plab g`oya, bilim va ta`lim" konsepsiyasiga o`tishni ko`zda tutadi.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə