Milliy universiteti



Yüklə 2,76 Mb.
səhifə1/13
tarix14.05.2023
ölçüsü2,76 Mb.
#110285
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
O\'ralova Madina 108-guruh Kurs ishi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON
MILLIY UNIVERSITETI


BIOLOGIYA FAKUL’TETI
BIOLOGIYA YO’NALISHI 1-BOSQICH 108-GURUH
TALABASI


O’RALOVA MADINA “ZOOLOGIYA” FANIDAN

KO’P HUJAYRALI ORGANIZMLARNING KELIB CHIQISHI NAZARIYASI“


MAVZUSIDAGI


KURS ISHI


Toshkent – 2020



Kirish
XVII asrda mikroskopning ixtiro etilishi bilan hayvon va o`simliklarning tana tuzilishini chuqur o`rganishga imkoniyat yaratildi. XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida esa mikroskopning yanada mukammallashishi va unda tekshirish texnikasining taraqqiyoti o`simlik va hayvon tanasini tashkil etgan hujayralarning tuzilishi va hayotiy yo`nalishlarini o`rganuvchi maxsus sitologiya faninning vujudga kelishiga olib keldi. Ayniqsa, XX asrning 30-yillarida binafsha nurlarida ishlaydigan, so’nggi yillarda esa elektron mikroskoplarning yaratilishi sitologiya fanining rivojini yanada yuqori darajaga ko`tardi.
Odatda Yer yuzidagi barcha hayvonlar ikki katta guruhga: bir hujayralilar, ya`ni eng sodda hayvonlar – Protozoa (1-rasm)va ko`p hujayrali hayvonlar – Metazoaga (2-rasm) bo`lingan. Bulutlar va kovakichlilar organizmi ko`p sonli hujayralardan va xujayralararo mahsulotlardan tashkil topgan. Bu hujayralar tuzilish va funksional tomondan differensiallashgan bo`lib, ular mustaqil yashash qobiliyatiga ega emas. Qolgan boshqa ko`p hujayralilar maxsus to`qimalardan tarkib topgan organlarga va organlar sistemasi (tizimi) ga ega. Aksariyat ko`p hujayralilarda hujayralar soni benihoyat ko`p, ularning soni butun hayot mobaynida ancha o`zgarib turadi.
1-rasm

2-rasm

Ma`lum bir vazifani bajarishga moslashgan tuzilishi, kelib chiqishi va hayotiy yo`nalishlari bir xil bo`lgan hujayralar va hujayralararo mahsulotlar kompleksiga to`qima deb yuritiladi. Odatda ko`p hujayralarning organlari bir necha to`qimalardan tashkil topgan.

Yüklə 2,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə