Milliy universiteti


-rasm Asosiy qism



Yüklə 2,76 Mb.
səhifə3/13
tarix14.05.2023
ölçüsü2,76 Mb.
#110285
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
O\'ralova Madina 108-guruh Kurs ishi

3 -rasm



Asosiy qism


1. Ontogenez va filogenez haqida tushuncha
E.Gekkel va F.Myullerlarning biogenetik qonunining mohiyati. Har bir hayvon turining tarixiy o`tmishi bilan bog`liq bo`lgan evolyutsion taraqqiyotga filogenez deb yuritiladi (4-rasm). Evolyutsion morfologiyaning asoschilaridan akad. A.I.Seversov (1866-1936) evolyutsion jarayonlarni biologik progress va biologik regress yo`llari bilan borishini ko`rsatdi. Biologik progressning bir yo’nalishi aromorfoz – morfo-fiziologik progressdir. Ushbu biologik progressda u yoki bu hayvonlar guruhining hayot faoliyatining umumiy shiddati yuqori bosqichga ko`tarilib yangi taraqqiyot bosqichiga yetadi. Bu holda organizm muhim sifat o`zgarishlarga duch keladi, uning ko`payib ketishiga va boshqa joylarga keng tarqalishiga imkoniyat yaratiladi. Hayvonot dunyosida aromorfozga misol tariqasida ko`p hujayrali hayvonlarning kelib chiqishini, suv hayvonlarining quruqlikka chiqishini, issikqonlikning paydo bo`lishini, yurakning to`rt kamerali bo`lishini, ikkita qon aylanish doirasining hosil bo`lishini va hokazolarni keltirish mumkin.
4-rasm

Biologik progressning ikkinchi evolyutsion yo`nalishi – idioadaptatsiya ya`ni - organizmlarning ma`lum bir yashash sharoitiga moslanishi (hayot faoliyatining shiddati oshmasdan). Bu evolyutsion taraqqiyotda organizmda bir qancha o`zgarishlar ro`y bersada, hayvonning tuzilishi avvalgi darajada turaveradi: odamda oyoqlarning qo`lga, kitsimonlarda oldingi oyoqlarning suzishga moslashgan kurakoyoqqa, ko`rshapalaklarda oldingi oyoqlarning qanotga aylanganligi va hokazolar. Bu xil oyoqlar har xil organizmda har xil sharoitda har xil funksiyani bajarsada, ular bir-biriga o`xshash skeletlardan tuzilgan va hammasi ham to`rt oyoqli qadimgi ajdod oyoqlaridan kelib chiqqan. Ko`pchilik turkum, oila, avlod va turlar idioadaptatsiya yo`li bilan kelib chiqqan.
Regressiv tipdagi morfo-fiziologik o`zgarishga degeneratsiya misol bo`ladi.
Degeneratsiya - evolyutsion taraqqiyot natijasida hayvon va o`simlik organizmlarining ayrim organlari yo`qolib ketishi oqibatida ularning birmuncha oddiy tuzilishga o`tishi.
Umumiy degeneratsiya organizmlarni aktiv hayotdan passiv hayot yo`liga o`tishi natijasida yoki harakatli holdan harakatsiz holga, erkin yashash sharoitidan parazitizm yo`liga o`tishi natijasida ro’y beradi. A.N.Seversov tushunchasi bo`yicha umumiy degeneratsiya hayvon va o`simliklarni turlarini ko`payishiga, geografik va ekologik arealining kengayishiga olib keluvchi uchinchi biologik progressiv yo`ldir. Degeneratsiyaga uchrovchi hayvon turlarida harakat, sezuv, hazm organlari va boshqa xil organlar reduksiyalashadi, ya`ni qisqaradi yoki tamoman yo`qolib ketadi. Evolyutsion jarayonda lentasimon chuvalchanglarda ovqat hazm qilish organlarining yo`qolishi, sezuv organlari faoliyatining susayishi, assidiyalarda esa xorda va nerv nayining tamoman yo`qolib ketishi degeneratsiyaga misol bo`ladi.
Umumiy degeneratsiyada turning urchish xususiyatini oshishini kuzatish mumkin. Bu hol jinsiy organlarning keskin rivojlanishiga, ularning tuxum va lichinkalarining tashqi muhitga chidamli bo`lishiga olib kelgan (sestodlarda). Degeneratsiyaga hayvonlarning individual taraqqiyotida ro’y beruvchi to`qima va organlarning yemirilishi ham misol bo`la oladi. Masalan, har xil hasharotlarning lichinkalarini g`umbakka aylanishida ularning ichki organlarining degeneratsiyaga uchrashi, qurbaqalarning lichinkalarida esa jabra va dumlarining yo`qolishi.



Yüklə 2,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə