Milliy universiteti



Yüklə 2,76 Mb.
səhifə2/13
tarix14.05.2023
ölçüsü2,76 Mb.
#110285
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
O\'ralova Madina 108-guruh Kurs ishi

a) epitelial to`qima - himoya vazifasini bajaruvchi to`qima bo`lib, unga tashqi, terini qoplagan va ikkilamchi tana bo`shlig`i – selomni, shuningdek ichak va boshqa hazm organlarining ichki va tashqi devorini qoplagan to`qimalar kiradi.
b) biriktiruvchi to`qimalar – bu to`qimalar ularning hujayralararo mahsulotlari turli xil hayvonlar tanasida nihoyatda ko`p tarqalgan bo`lib, juda murakkab va xilma-xil vazifalarni bajaradi. Dastlab yassi chuvalchanglarda rivojlangan parenxima deb ataluvchi to`qimalar biriktiruvchi to`qimalardir. Yuqori darajada tashkil topgan hayvonlardagi qon hosil qiluvchi organlar - taloq, jigar va hokazolar shu xil to`qimalardan tashkil topgan.
v) muskul to`qimalari ba`zi kovakichlilar va barcha yassi chuvalchanglardan boshlab rivojlangan bo`lib, hayvonlarda eng muhim harakat vazifasini bajaradi, ular qisqarish va cho`zilish xususiyatiga ega (muskul to`qimalari faqat nerv tolalari ta`sirida qisqaradi, harakatlanadi). Ushbu to`qima asosan mezodermadan, ba`zi organlarda esa entodermadan rivojlanadi.
g) nerv to`qimasining rivojlanishi kovakichlilardan boshlanadi va yuqori darajada rivojlangan ko`p hujayralilarda takomillashib boradi. Tuban kovakichlilarda (gidralarda) u yulduzsimon nerv hujayralardan tashkil topgan va tarqoq joylashgan, ya`ni markazlashmagan shu sababli ularda ta`sirot juda sekin tarqaladi, ssifomeduzalar va aktiniyalarda esa tarqoq nerv hujayralari bilan birga nerv tugunchalari rivojlanadi. Chuvalchanglarda markazlashgan nerv tugunlari, bo`g`imoyoqlilardan boshlab miya vujudga keladi. Nerv to`qimasining hujayrasi (neyronlar) yuqori darajada differensiallashgan va murakkablashganligi bilan boshqa to`qima hujayralaridan farq qiladi. Yuqori darajada tashkil topgan organizmlarda nerv to`qimaning miyada joylashgan neyronlari bosh, ya`ni markaziy nerv sistemani, ichki organlarda joylashganlari esa periferik (chetki) nerv sistemani tashkil etadi.
Har bir ko`p hujayrali organizm bir necha organlar va organlar sistemasidan tashkil topgan. Tananing ma`lum bir vazifani bajaruvchi qismi organ deb yuritiladi. Har bir organ o`z navbatida bir necha xil to`qimalardan tarkib topgan. Aniq bir yo’nalishdagi vazifani bajarishga moslashgan organlar yig`masi organlar sistemasini tashkil etadi: ovqat hazm qilish organlari sistemasi (og`iz bo`shlig`i, tomoq, qizilo`ngach, oshqozon, ichaklar), nafas olish organlari sistemasi, ayirish organlari sistemasi, qon aylanish sistemasi, jinsiy organlar sistemasi, nerv sistemasi va sezuv organlari. Bunday organlar sistemalari har xil hayvonlar tipida turlicha rivojlangan.
Ko`pchilik ko`p hujayrali hayvonlarning tana qismlari bilateral simmetriyali, ya`ni ma`lum bir tartibda joylashgan. Faqat kamgina hayvonlarda, jumladan bulutlarda tana ma`lum simmetriyaga ega emas. Qolgan ko`p hujayralilar tanasi radial simmetriya (kovakichlilar, dengiz yulduzlari va xokazo)li tuzilgan. Radial simmetriyaga ega bo`lgan hayvonlarda tanani bir necha qismlarga teng bo`lish mumkin bo`lsa, bilaterial simmetriyalilarda faqat bir chiziq bilan uni teng ikki qismga ajratish mumkin.


Yüklə 2,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə