Milliy universiteti


A.O.Kovalevskiy va I.I.Mechnikovlarning embriologiya sohasidagi asosiy ishlari



Yüklə 2,76 Mb.
səhifə4/13
tarix14.05.2023
ölçüsü2,76 Mb.
#110285
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
O\'ralova Madina 108-guruh Kurs ishi

2. A.O.Kovalevskiy va I.I.Mechnikovlarning embriologiya sohasidagi asosiy ishlari
A.O.Kovalevskiy (1840-1901) va I.I.Mechnikov (1845-1916) larning embriologiya sohasidagi ishlari bo`yicha har bir organizmning embrional taraqqiyoti otalangan tuxum hujayrasi - zigotadan boshlanadi. Zigota o`z navbatida ko`pdan-ko`p hujayralarga - blastomerlarga bo`linadi, blastomerlar bir joyga to`plana borib morulani hosil qiladi. Keyinchalik bir qavat hujayralardan tashkil topgan sharsimon yoki ovalsimon blastula hosil bo`ladi. Blastulaning ichida katta bo`shliq hosil bo`lib, bu bo`shliq blastotsel deb ataladi. Kelgusi taraqqiyot davrida blastula invaginatsiya yo`li (ichkariga qaytib kirish) yoki immigratsiya (hujayralarning bir qutib tomonga o`sib kirishi) yo`llari bilan ikki qator joylashgan qatlamga - ektoderma va endodermaga ega bo`lgan gastrulaga aylanadi. Yangidan hosil bo`lgan bo`shliq gastrotsel deb atalib, bu bo`shliq tashqariga blastopor yoki birlamchi og`iz deb yuritiluvchi teshik bilan ochiladi. Ko`pchilik umurtqasiz hayvonlarning voyaga yetgan shakllarida (chuvalchanglar, bo`g`imoyoqlilar, mollyuskalar) bu teshik ularning og`ziga aylanadi. Shu sababli bu hayvonlar birlamchi og`izlilar deb yuritiladi. Qolgan hayvon guruhlarida (ignatanlilar, xordalilar) blastopor tamoman bekilib ketadi yoki chiqaruv teshigiga aylanadi, og`iz esa ularda qaytadan hosil bo`ladi, shu sababli ham bu hayvonlar ikkilamchi og`izlilar deb yuritiladi.
Tuban darajada taraqqiy etgan ko`p hujayrali hayvonlar (bulutlar, kovakichlilar) ikki qavatli tana tuzilishiga ega. Yuqori darajada tashkil topgan hayvonlarda esa taraqqiyot davrida ektoderma va endoderma embrion varaqlari orasida uchinchi embrion varaqcha - mezoderma rivojlanadi. Tuban darajadagi uch qavatli organizmlarda blastotseldan hosil bo`lgan birlamchi bo`shliq ularning butun hayoti davrida saqlanib qoladi, shuning uchun ham ularga birlamchi tana bo`shliqlilar deb nom berilgan. Yuqori darajada taraqqiy etgan uch qavatli organizmlarda embrional taraqqiyot davrida birlamchi tana bo`shlig`i qisqara boradi (lakun va tor kanalchalarga aylanib), haqiqiy tana bo`shlig`i (selom) esa mezodermaning ichida paydo bo`ladi. Bu xil hayvonlar ikkilamchi tana bo`shliqlilar deb ataladi. Selomning birlamchi tana bo`shlig`idan farqi shundaki, unda mezodermali maxsus pardalar paydo bo’ladi.
Hayvonlarning taraqqiyot davrida embrion varaqchalari har xil to`qima va organlarni yuzaga keltiradi. Terining tashqi qatlami (epidermis), teri bezlari, yog` va yog` bezlari, soch, tishning emal qatlami, shox moddadan tashkil topgan har xil tuzilmalar, nerv sistema, ko`payish, sezish organlari (qabul qiluvchi hujayrali) ektodermaning mahsulotidir. Bundan tashqari hayvonlarning og`iz bo`shlig`i, ichakning orqa chiqaruv teshigi bilan qo`shilgan qismi, jabra yoriqlari ham ektoderma bilan qoplangan (ayrim hayvon guruhlarida oldingi va orqa ichak umuman ektodermali bo`ladi). Entodermadan ovqat hazm qilish organlari, asosan o`rta ichak, hamda jigar, oshqozon osti bezi, o`pka, timus, qalqonsimon bezlar (baliqlarning havo pufakchalari) hosil bo`ladi. Ko`pchilik organlar: qon aylanish sistemasi, ayirish va jinsiy organlar sistemalari, barcha muskullar, qorin pardasi, biriktiruvchi to`qima va uning unumlari - chin teri (kutis), tog`ay va suyak skeletlari mezodermaning mahsulotidir.
U yoki bu hayvon turlarining individual taraqqiyotiga ontogenez deb yuritiladi. Ontogenez asosan uchta taraqqiyot davrlaridan iborat: embriogenez, postembriogenez va voyaga yetish.
1866-yil nemis olimlari E.Gekkel va F.Myuller biogenetik qonun yaratdi. Bu qonunning qisqacha mazmuni "ontogenez filogenezning tez va qisqa muddat ichida takrorlanishi" demakdir. Bu qonun shajara daraxtlari tuzishda katta ahamiyatga ega. Paleontologiyada hayvonlarning qazilma qoldiqlari, solishtirma anatomiyada oraliq formalari bo`lmagan organizmlarning individual rivojlanish tarixini, ya`ni ontogenezini o`rganish har xil hayvonlar o`rtasidagi qarindoshlik aloqalarini va ularni qaysi ajdoddan kelib chiqqanligini aniqlashda biogenetik qonun qo`llaniladi.
Embrion varaqlarining hosil bo`lishini chuqur o`rganish natijasida A.O.Kovalevskiy va I.I.Mechnikovlar embrion varaqchalari to`g`risida maxsus nazariya yaratishgan. Ularning fandagi xizmatlari butun bor umurtqasiz hayvonlarning embrional taraqqiyotini o`rganish asosida bulutlar va kovakichlilarda embrion varaqchalarini ektoderma va entodermadan nari o’tmasligini, qolgan umurtqasizlarda esa uchta embrion yaproqchasini hosil bo`lishini aniqlashdadir. Ular yaratgan embrion varaqchalari to`g`risidagi ma`lumotlar har bir varaqchalarning hosilalarini ham aniqlab bergan.


Yüklə 2,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə