Kamolitdinova


-D A R S. FAYL VA PAPKA TUSHUNCHASI



Yüklə 1,38 Mb.
səhifə11/37
tarix28.11.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#134275
növüУчебники
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   37
599-ccdcd

4-D A R S. FAYL VA PAPKA TUSHUNCHASI


Kompyuterda bajariladigan barcha amallarni umumlashtirgan holda, uchta asosiy vazifalarga ajratishimiz mumkin: axborotlarni yig‘ish (yaratish yoki kiritish), axborotlarni qayta ishlash (yoki o‘zgartirish) va axborotlarni uzatish.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun axborotlar, dasturlar, ma’lumotlar kompyuter xotirasida o‘ziga xos tartibda tashkil etiladi va saqlanadi.
Fayl inglizcha so‘z bo‘lib, «hujjatlar jildi», «ma’lumotlar» ma’nosini anglatadi. Kundalik hayotimizda biz ma’lumotlarni ma’lum bir tartib va qoidalarga asosan tashkil etamiz va saqlaymiz. Masalan, sinfingizdagi har bir o‘quvchi haqidagi ma’lumotlar alohida jildda saqlanadi (bitta jildda bir necha o‘quvchi haqidagi ma’lumotlar aralashtirib yuborilmaydi). Xuddi shu kabi, sizning sinfingizdagi o‘quvchilar haqidagi ma’lumotlar jamlangan jildlar ham boshqa sinf o‘quvchilarining jildlari bilan aralash- tirib yuborilmaydi.
Ma’lumotlar bunday qoidalarga asosan tartiblanishining asosiy maqsadi – kerakli ma’lumotlarni osonlik bilan qidirib topishdir.
Fayl nomida kompyuter qurilmalari nomi va buyruqlar nomini ishlatish mumkin emas.
Fayllarni kompyuter xotirasida saqlash uchun ularga alohida nom beramiz. Buning asosiy sababi shundan iboratki, agarda har bir faylga alohida nom berilmasa, chalkashlik yuz beradi.
Fayllarni yanada tartiblash uchun ularni mazmuniga ko‘ra alohida papkalarga joylaymiz.
Kompyuterda fayllar yaratishingizdan avval o‘zingizning papkangizni hosil qiling. Ushbu papkangizga yaratgan matnlaringiz, tasvirlaringiz, ovozli va video fayllaringizni saqlab boring.
18




Faylda saqlanayotgan ma’lumotlar matn, tasvir, film, musiqa, dastur yoki turli boshqa ma’lumotlar bo‘lishi mumkin. Ular tashqi xotira hisoblanuvchi disketa, magnit tasma, qattiq disk, CD va DVD disklar, flesh-xotira kabi vositalarda fayl ko‘rinishida saqlanadi (1-rasm).





















Egiluvchan magnit disk

Lazerli (CD, DVD) disk

Flesh disk



Qattiq disk



1-rasm.
Har bir faylning nomi bo‘lib, u 2 qismdan iborat: fayl nomi va uning kengaytmasi.
Faylning kengaytmasi faylda saqlangan ma’lumot qanday turdagi ma’lumot ekanligidan darak beradi. Faylning nomi 255 ta belgidan oshmasligi lozim.
Fayl nomi va uning kengaytmasi nuqta bilan ajratilib yoziladi. Fayllarni ochish yoki qayta ishlash kerak bo‘lsa, unga shu nom orqali murojaat qilinadi yoki qidiriladi.
Kompyuterda fayllar ustida turli amallar bajarish mumkin:



  • Fayllarni hosil qilish

  • Fayllarni ochish

  • Fayllardan nusxa olish

  • Fayllarga o‘zgartirish kiritish

Bu amallarning ba’zilari bilan tanishib, ular bilan ishlash ko‘nikmalarini hosil qilamiz.
19




2-rasm.

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə