«Respublikamaqsadlikitobjamg‘armasimablag‘larihisobidanchopetildi» Pedagogika fanlari doktori, professor N.I.Toyloqovning umumiy tahriri ostida
Taqrizchi:
G.J.Irgasheva – TSHXTXQTMOI informatika fani katta o‘qituvchisi
SHARTLI BELGILAR:
Mavzuga doir savol va topshiriqlar Mashqlar
Buni yodda tuting!
K 18
KamolitdinovaD. Informatika: umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinf o‘quvchilari uchun darslik / D. Kamolitdinova. – Toshkent: «O‘zbekiston», 2016. – 72 bet.
Fan va texnika, ayniqsa, axborot texnologiyalari shiddat bilan rivojlanib borayotgan ushbu davrda har bir inson o‘zining hayotida muhim bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi zarur.
Mustaqil hayotga dadil qadam tashlash, atrofimizda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar va yangiliklar bilan hamnafas bo‘lib yashash uchun har bir o‘quvchi quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi zarur:
topshiriq, masala va mashqlarni yechishda tengdoshlari bilan hamkorlikda ishlash;
bilimlarni egallash, topshiriq, masala va mashqlarni yechishda kompyuterdan foydalanish.
5-sinfda siz ilk bor «Informatika» fanini o‘rganyapsiz. Informatika darslarida siz yangi tushunchalarni o‘rganasiz, masala va topshiriqlarni bajarishda kompyuterdan foydalanasiz.
Umid qilamizki, informatika fani atrofingizda, ko‘z oldingizda sodir bo‘layotgan hodisalarni yaxshiroq tushunishga, yangi bilimlarni egallashda eng yaqin yordamchi bo‘lib qoladi.
3