|
Karimova maktabgacha ta’limning me’yoriy asoslari
|
səhifə | 95/104 | tarix | 07.11.2023 | ölçüsü | 0,64 Mb. | | #132569 |
| Karimova maktabgacha ta’limning me’yoriy asoslari-fayllar.orgFiltr daftari- tana harorati, teri tozaligi, bosh tozaligi va ota-onadan olingan so’rovnoma natijalari belgilanadi
Gigiena- (yun. hygieinos — sogʻlom) — tibbiyotning bir sohasi; kishilar sogʻligʻiga turmush va mehnat sharoitlari taʼsirini oʻrganadi hamda kasalliklarning oldini olish, yashash uchun eng qulay sharoit yaratish, sogʻliqni saqlash va umrni uzaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi
Gimnastika- (yunoncha gymnastike mashq qilaman) — 1) jismoniy mashqlar tizimi, jismoniy tarbiyaning muhim turi.
Hissiyot — shaxsning voqelikdagi narsa va hodisalarga, kishilarga hamda oʻz-oʻziga boʻlgan munosabatlardan kelib chiqadigan kechinmalari. Shaxs tirik mavjudot boʻlishi bilan birga jamiyat aʼzosi hamdir, shuningdek, yakka inson sifatida teva-rak-atrofdagi narsa va hodisalarga munosabatini xolisona aks ettiradi.
Individual yondashuv-ta’lim beruvchining guruhdagi har bir faol harakati va dam olish paytida barcha dam olish ehtiyojlarini e’tiborga olish zarurligini anglatadi.
Infratuzilma- (lot. infra - ostida) — i. ch. va tovar muomalasi, shuningdek, inson hayot faoliyati uchun zarur boʻlgan meʼyoriy sharoitni taʼminlashga xizmat kiluvchi turli-tuman yordamchi xizmat koʻrsatuvchi sohalar (tashkilot, korxona va muassasa) majmui
Ijtimoiylashtirish-ikki tomon jarayonini baholash uchun qo’llanilib, insonning hayotiy holatlarga, atrofdagi odamlarga ta’sir etish vositasi bilan o’zini shaxs sifatida tanitish jarayoni.
Ijodiy faoliyat- bu barcha aqliy va ruhiy kuchlarni ishga solib, insonning aniq bir maqsadga intiluvchanligi, maxsus hissiyot holati-ilhomlanish, shuningdek, ruhiy kechinmasi, muammoni bor kuchi bilan hal etish bo’yicha istaklar majmuasi.
Individual- (lotincha individuus) - aj-ralmas, ajralmagan, parchalanmagan
Innovatsion- (ing . innovationas — kiritilgan yangilik, ixtiro) — 1) texnika va texnologiya avlodlarini almashtirishni taʼminlash uchun iqtisodiyotga sarflangan mablagʻlar; 2) ilmiy-texnika yutuklari va ilgʻor tajribalarga asoslangan texnika, texnologiya, boshqarish va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek, ularning turli sohalar va faoliyat doiralarida qoʻllanilish
Intellektual-( lot. intellectus — aql-idrok, bilish; tushunish)- Maʼnaviy ehtiyojlar bilan yashovchi yoki aqliy fao-liyatning eng yuksak va murakkab turlari bilan shugʻullanuvchi (shaxs).
Dostları ilə paylaş: |
|
|