|
Karimova maktabgacha ta’limning me’yoriy asoslari
|
səhifə | 94/104 | tarix | 07.11.2023 | ölçüsü | 0,64 Mb. | | #132569 |
| Karimova maktabgacha ta’limning me’yoriy asoslari-fayllar.orgDavlat ta’lim muassasasi — davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan davlat mulki bo‘lgan mol-mulk negizida tashkil etilgan, davlat ta’lim standartlariga va davlat ta’lim talablariga muvofiq ta’lim beradigan muassasa.
Davlat ta’lim standartlari — davlat tomonidan ta’limning mazmuni va sifatiga nisbatan belgilanadigan talablar majmui.
Davlat ta’lim talablari — ta’limning tuzilmasiga, mazmuniga va uni amalga oshirish shart-sharoitlariga, shuningdek ta’lim oluvchilarning jismoniy, shaxsiy, intellektual, ilmiy hamda kasbiy sifatlariga qo‘yiladigan majburiy talablar.
Defektolog-bolalardagi nuqsonlarni bartaraf etish bilan shug’ullanuvchi inson
Deklaratsiya- (lot. declaratio — maʼlum qilaman, eʼlon qilaman) — 1) bir yoki bir necha xukumatlar, siyosiy partiyalar, xalqaro yoki jamoat tashkilotlarining dasturiy hujjat, muhim xalqaro voqea, qonun va h.k.ni umum eʼtiboriga yetkazuvchi bayonoti
Didaktika (ta’lim nazariyasi) –(yunoncha “didaktikos” “o’rgatuvchi”, “didasko”-“o’rganuvchi”)-ta’limning nazariy jihatlarini o’rganuvchi fan
Diagnostika (yun. diagnostikos — aniqlashga qodir) — klinik tibbiyot va veterinariyaning kasallikni aniqlash, uni davolash va oldini olish tadbirlarini ishlab chiqish maqsadida organizmni tekshirish usullarini oʻrganadigan boʻlimi
Dual ta’lim-ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni olishga qaratilgan bo‘lib, ularning nazariy qismi ta’lim tashkiloti negizida, amaliy qismi esa ta’lim oluvchining ish joyida amalga oshiriladi.
Eksternat ta’lim -o‘quv dasturlarini mustaqil ravishda o‘zlashtirishni o‘z ichiga olib, uning yakunlari bo‘yicha ta’lim oluvchilardan davlat ta’lim muassasalarida yakuniy va davlat attestatsiyalaridan o‘tishni talab etadi.
EMIS- bu taʼlimni boshqarish boʻyicha axborot tizimi, u UNISEFning texnik, maslahat va moliyaviy koʻmagida Maktabgacha taʼlim vazirligi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.
Estetik- (yun. — his qiluvchi, hissiy tarbiyaga doir) — inson bilan dunyo oʻrtasidagi qadriyat munosabatining oʻziga xos tomonlarini va kishilarning badiiy faoliyati sohasini oʻrganuvchi falsafiy fan
Dostları ilə paylaş: |
|
|