Karimova maktabgacha ta’limning me’yoriy asoslari



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə95/104
tarix07.11.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#132569
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   104
Karimova maktabgacha ta’limning me’yoriy asoslari-fayllar.org

Filtr daftari- tana harorati, teri tozaligi, bosh tozaligi va ota-onadan olingan so’rovnoma natijalari belgilanadi


  • Gigiena- (yun. hygieinos — sogʻlom) — tibbiyotning bir sohasi; kishilar sogʻligʻiga turmush va mehnat sharoitlari taʼsirini oʻrganadi hamda kasalliklarning oldini olish, yashash uchun eng qulay sharoit yaratish, sogʻliqni saqlash va umrni uzaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi


  • Gimnastika- (yunoncha gymnastike mashq qilaman) — 1) jismoniy mashqlar tizimi, jismoniy tarbiyaning muhim turi.


  • Hissiyot — shaxsning voqelikdagi narsa va hodisalarga, kishilarga hamda oʻz-oʻziga boʻlgan munosabatlardan kelib chiqadigan kechinmalari. Shaxs tirik mavjudot boʻlishi bilan birga jamiyat aʼzosi hamdir, shuningdek, yakka inson sifatida teva-rak-atrofdagi narsa va hodisalarga munosabatini xolisona aks ettiradi.


  • Individual yondashuv-ta’lim beruvchining guruhdagi har bir faol harakati va dam olish paytida barcha dam olish ehtiyojlarini e’tiborga olish zarurligini anglatadi.


  • Infratuzilma- (lot. infra - ostida) — i. ch. va tovar muomalasi, shuningdek, inson hayot faoliyati uchun zarur boʻlgan meʼyoriy sharoitni taʼminlashga xizmat kiluvchi turli-tuman yordamchi xizmat koʻrsatuvchi sohalar (tashkilot, korxona va muassasa) majmui


  • Ijtimoiylashtirish-ikki tomon jarayonini baholash uchun qo’llanilib, insonning hayotiy holatlarga, atrofdagi odamlarga ta’sir etish vositasi bilan o’zini shaxs sifatida tanitish jarayoni.


  • Ijodiy faoliyat- bu barcha aqliy va ruhiy kuchlarni ishga solib, insonning aniq bir maqsadga intiluvchanligi, maxsus hissiyot holati-ilhomlanish, shuningdek, ruhiy kechinmasi, muammoni bor kuchi bilan hal etish bo’yicha istaklar majmuasi.


  • Individual- (lotincha individuus) - aj-ralmas, ajralmagan, parchalanmagan


  • Innovatsion- (ing . innovationas — kiritilgan yangilik, ixtiro) — 1) texnika va texnologiya avlodlarini almashtirishni taʼminlash uchun iqtisodiyotga sarflangan mablagʻlar; 2) ilmiy-texnika yutuklari va ilgʻor tajribalarga asoslangan texnika, texnologiya, boshqarish va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek, ularning turli sohalar va faoliyat doiralarida qoʻllanilish


  • Intellektual-( lot. intellectus — aql-idrok, bilish; tushunish)- Maʼnaviy ehtiyojlar bilan yashovchi yoki aqliy fao-liyatning eng yuksak va murakkab turlari bilan shugʻullanuvchi (shaxs).



  • Yüklə 0,64 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   104




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə