Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


Bakteriologik laboratoriyalarda ishlash qoidalari



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə4/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   209
Микро амалий китоб

Bakteriologik laboratoriyalarda ishlash qoidalari:


Mavjud bakteriologik, virusologik va serologik laboratoriyalarda yuqumli kasalliklarni qo‘zg‘atuvchi, ya’ni patogen mikroorganizmlar bilan ish olib boriladi. SHuning uchun laboratoriyada ishlashning ichki tartib qoidalariga qat’iy (xodimlar va talabalar) rioya qilishlari zarur.

  1. Laboratoriyalarga patologik materiallarni qabul qilish va bakteriologik ishlarni bajarilishida bir tomonga yo‘naltirilgan oqim qoidalariga qa’tiy rioya qilinishi kerak.

  2. Laboratoriyaning barcha xodimlari oq xalat, oq qalpoqcha yoki oq ro‘molcha o‘rab, maxsus almashtiriladigan oyoq kiyimida ishlashlari kerak. Laboratoriyaga halatsiz kirish mutloqa mumkin emas. Zarur hollarda xodimlar yuzlariga dokadan tayyorlangan niqoblar bilan ishlashlari mumkin. Virusologik va o‘ta hafli maxsus rejimli laboratoriyalarda xodimlar maxsus qabul qilingan qo‘llanmalarga rioya qilgan holda ishlashadi.

  3. Patologik materiallarni qabul qilish, ekish va serologik muolajalarni bajarishda xodimlar albatta rezina qo‘lqop bilan ishlashlari zarur.

  4. Laboratoriyada chekish, ovqatlanish qa’tiy man qilinadi. Ovqatlanish, dam olish va echinish uchun maxsus xonalar ajratiladi.

  5. Favqulotda yuqumli materiallar ish stoliga, polga va boshqa joylarga tushsa, bu joy dezinfeksiya qiluvchi eritma bilan yaxshilab zararsizlantirilishi zarur.

  6. Mikroorganizm kulturalarini saqlash, kuzatish va ularni o‘ldirish maxsus qo‘llanmalar asosida olib borilishi lozim. Barcha laboratoriyaga kelgan patogen materiallar, ajratib olingan mikrob shtammlari maxsus daftarlarga ro‘yhatga olinadi.

  7. Ishni tamomlagach, ish joyi tartibga keltiriladi va qo‘lni yaxshilab yuvish, kerak xollarda, dezinfeksiya qiluvchi eritmalardan foydalanish lozim.

  8. Har bir talaba o‘quv laboratoriyasida o‘z o‘rniga ega bo‘lishi kerak.

  9. Mashg‘ulot uchun berilgan materiallarni navbatchi talaba qabul qilib oladi va o‘qituvchi nazoratida talabalarga tarqatadi.

  10. Mashg‘ulot ohirida talabalar ishlatilgan materiallarni navbatchi talabaga, navbatchi talaba kafedra laborantiga topshiradi.

  11. Mashg‘ulot oxirida talabalar o‘z ish joylarini tartibga keltirishadi, qo‘llarini sovun bilan yuvishadi, mashg‘ulot bo‘yicha qilingan ishlar bayonnomalari va rasmlar chizilgan daftarga o‘qituvchi imzosini qo‘ydiradi.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə