Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


Qisqartirilgan so‘zlar ro‘yxati



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə2/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   209
Микро амалий китоб

Qisqartirilgan so‘zlar ro‘yxati:


AG – antigen AT – antitela
AR – agglyutinatsiya reaksiyasi
BSST - Butun dunyo Sog‘liqni Saqlash tashkiloti BSJ- Kalmet va Geren batsillasi
BGAR – bilvosita gemagglyutinatsiya reaksiyasi VSA – vismut sulfit agar
GAR – gemagglyutinatsiya reaksiyasi
GATR – gemagglyutinatsiyani tormozlash reaksiyasi GPA- go‘shtli peptonli agar
GPB - go‘shtli peptonli bulon DNK – dezoksiribonuklein kislota ZA – zardobli agar
IA – ishqoriy agar IL – interleykin IF – interferon
ITGB - ichak tayoqchasi guruhidagi bakteriyalar IFU – immunoflyuoressent usul
IFA - immunoferment analiz
KBR – komplementni bog‘lash reaksiyasi KR - Kumbs reaksiyasi
KTYUK – kasalxonada tarqaluvchi yuqumli kasalliklar KHQB – koloniya hosil qiluvchi birlik
QA – qonli agar
MBK - minimal bakteriotsid konsentratsiya MG - molekulyar gibridizatsiya
MIK- minimal ingibitsiya konsentratsiyasi mAT – monoklonal antitela
NA – neytralash reaksiyasi
NK – nuklein kislota
NFA - neytrofillarni fagotsitar aktivligi OGV – oddiy gerpes virus
OITV – odam immun tanqislik virusi OITS - odam immun tanqislik sindromi
PGAR - passiv gemagglyutinatsiya reaksiyasi PZR – polimeraza zanjirli reaksiya
PR – pretsipitatsiya reaksiyasi RNK - ribonuklein kislota SD – klaster differensirovkasi SK - suyak ko‘migi
SKB – sanitariya ko‘rsatkich bakteriyalar SQTA – sut qo‘shilgan tuzli agar
SES – sanitariya epidemiologik stansiya TI - terapevtik indeksi
TKB - termotolerant koleform bakteriyalar TSTA – tuxum sarig‘i qo‘shilgan tuzli agar UMS – umumiy mikroblar soni
SM – sitoplazmatik membrana HD – hujayra devori
HPT – hujayraga patogen ta’siri SHA – shokaladli agar
Ig - immunoglobulin
DLM - Dosis letalis minima

So‘z boshi


1999 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov farmoyishga binoan Oliy hamshiralik yo‘nalishi tashkil qilindi.
bo‘yicha bakalavrlarni tayyorlashdan maqsad sog‘liqni saqlash tizimini yuqori malakali, har tomonlama etuk mutaxassislar bilan ta’minlashdir.
Mikrobiologiya va immunologiya fani 1 bosqich oliy hamshiralik ishi bo‘limi talabalariga 1 semestrda o‘qitiladi. Bu fanni o‘tishda talabalar mavzular bo‘yicha namunaviy dasturda belgilangan reja asosida ma’ruzalar eshitishadi. O‘quv qo‘llanma umumiy va xususiy mikrobiologiya qismlarini o‘z ichiga olib, bu qismlar xam o‘z navbatida muayyan mavzularga bo‘lingan. Talabalar amaliy mashg‘ulotlarda o‘rganib chiqadigan mavzular, tayyorlash uchun savollar, mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan materiallar va uskunalar haqida ma’lumotlar, shuningdek o‘quv qo‘llanma topshiriqlarni bajarish jarayonini tavsifi va talaba bajarishi ko‘zda tutilgan mustaqil ishlar xajmi, interfaol usullar, vaziyatli masalalar kabi masalalarni o‘z ichiga qamrab olgan. Ko‘pgina mavzularga bir tipdagi topshiriqlarni bajarish va olinajak natijalarni to‘g‘ri aniqlashda muxim metodik ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘rgazmali materiallar xam ilova qilingan.
Tibbiyot akademiyasi va oliygohlarida ta’lim olayotgan talabalarning mikrobiologiya va immunologiya fanlaridan olayotgan nazariy bilimlarini mustahkamlash, uni xotirada saqlanib qolish muddatini uzaytirish va tibbiy amaliyotda qo‘llash darajasida malaka qolishi uchun qo‘plab pedagogik usullar taklif etilgan.
Mikrobiologiya va immunologiya fanidan amaliy mashg‘ulotlarda yangi interfaol usullarni qo‘llash o‘qituvchilardan ko‘p mehnat, mahorat, bilimlilik, izlanuvchanlik talab qiladi. CHunki har bir mashg‘ulotga u mavzuga oid ko‘plab vaziyatli masalalar, muammoli savollar, qiziqarli krossvordlar, mulyaj, maketlar, rangli tablitsalar va shu bilan birga o‘qitishning yangi dasturini tayyorlaydi, kichik guruhlarda ishlash uchun ma’lumotlarni beruvchi materiallar to‘playdi.
O‘quv qo‘llanmada bakteriyalar, viruslar, rikkketsiyalar, spiroxetalar, xlamidiyalar, mikoplazmalar, zamburug‘lar, sodda jonivorlar va boshqa mikroorganizmlar qo‘zg‘atadigan kasalliklar, ularni bakteriologik, virusologik va immunologik, serologik tekshirish usullari bayon etildi.
Maruzalarda olingan malumotlar amaliy ishlarni bajarish paytida talabalar bilimini yanada chukurlashtirishga yordam beradi. Xar bir amaliy mashg‘ulotlar davomida talabalarni nazariy bilimlari tekshirib boriladi, ya’ni mavzular bo‘yicha javob berish va amaliy ishlarda surtma tayyorlash, mikrob kulturalarini ekish, sof kulturalarini olish, serologik reaksiyalar qo‘yish, kabi ishlar bajariladi. Bajarilgan amaliy ishlar xisobga olingan xolda, talabaning nazariy bilimi bilan qo‘shib baholanadi. Amaliy ishlarni kanday bajarishni o‘qituvchi tushuntirib beradi va nazorat qilib turadi, ish barcha texnika xavfsizligi, aseptika koidalariga rioya kilgan holda bajariladi. Nazariy bilim bilan amaliy ishlarni bajarish mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya fanlarini yanada o‘zlashtirishga talabalarga yordam beradi.
Bo‘lajak shifokorlarga hisobga olib, o‘quv qo‘llanmada inson organizmi, tuproq, suv va xavo mikroflorasi, kimyoterapevtik dorivor xomashyolar va tayyor dori-darmonlarning o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek, sanitar ko‘rsatkichli mikroorganizmlar, ularni aniqlash va xar xil ob’ektlar yoki tibbiy preparatlarda qo‘llanilish normativlari haqida ham zarur ma’lumotlar hamda asseptika, antiseptika, sterilizatsiya va dezinfeksiya masalalari ko‘rib chiqilgan.
Ushbu o‘quv-qo‘llanmada mikrobiologiya va immunologiya fanidan amaliy mashg‘ulotlarda umumiy va xususiy mikrobiologiya bo‘limlari bo‘yicha namunaviy dasturdagi mavjud barcha mavzular qamrab olingan, shuningdek, taklif etilayotgan barcha yangi interfaol usullar kafedramizda ko‘p yillardan beri sinovdan o‘tib kelmoqda. Ushbu yangi interfaol usullar o‘qituvchilar va talabalardan o‘z ustida mustaqil ishlashni, ma’lumotga boy materiallar yig‘ib, texnik vositalardan foydalanishni o‘rgatadi.
Barcha vaziyatli masalalar, amaliy o‘yinlar va yangi interfaol usullar talabalar tomonidan to‘liq o‘zlashtira olinishiga ishonch hosil qilingandan so‘ng ushbu to‘plamga kiritildi va taqdim etilmoqda.

Muallif ushbu uslubiy qo‘lanmani tuzish va chop etishda ko‘rsatgan nazariy va amaliy yordami uchun Toshkent tibbiyot akademiyasi mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasi professori, Rossiya tibbiy-texnik akademiyasi akademigi, tibbiyot fanlari doktori Muxamedov Ilaman Muxamedovichga samimiy minnatdorchilik bildiradi.



Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə