Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə8/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   209
Микро амалий китоб

Buyum oynachasi: mikroorganizmlarni bo‘yash va surtma tayyorlashda ishlatiladi.

  • Qovuzloq (bakteriologik petlya): mikroorganizmlarni bo‘yashda va oziq muxitlarga ekishda ishlatiladi.

  • Kolbalar – ularning ichida distillangan suv bo‘ladi.

  • Spirt lampasi:–laboratoriya asboblariga ish jarayonida xavodan mikrob tushmasligi uchun sterilizatsiya qilishda. fiksatsiya qilishda, buyum oynachasiga mikroorganizmlarni yopishtirish kabi vazifasini bajaradi.

  • Probirkalar:– ular 5 xil bo‘lib:

    1. katta probirka

    2. oddiy

    3. pretsipitatsion

    4. agglyutinatsion

    5. sentrifugal probirkalar mavjud.

    1. Planshetalar: ular 2 xil: 1) 6 chuqurchali, 2) 96 chuqurchalik. Immunologik laboratoriyada lizotsim aktivligini aniqlash va qon zardobi tarkibidagi noma’lum antigen va antitelolarni aniqlashda ishlatiladi.

    2. Paster pipetkalari:– hajm jihatidan har xil bo‘lib, malum miqdordagi ashyoni oziq muxitlarga solishda ishlatiladi.

    Bakteriologik laboratoriyada epidemiyaga karshi rejim qoidasi.


    1. Kafedrada shahar, viloyat sog‘likni saqlash boshqarmasi epidemiyaga qarshi rejim komissiyasining patogen mikroorganizmlar bilan ishlashga yozma ruxsatnomasi bo‘lishi zarur.

    2. Kafedraga kirish joyi alohida bo‘lib, boshqa kafedralarning kirish joylari bilan bog‘lanmagan bo‘lishi shart. Kafedra xududi orqali boshqa kafedralarga o‘tib- qaytish qatiyan man etiladi.

    3. Kafedraga kiraverishda tashqaridan kelganlarning poyafzallarini tozalash uchun metaldan yasalgan maxsus moslama va xo‘llangan latta (ostonada) bo‘lishi va maxsus moslama har kuni, yog‘ingarchilik paytida esa ifloslanish darajasiga qarab tozalanib turishi kerak.

    4. Mikrobiologik, immunologik va mikologik laboratoriyalar, shuningdek bokslar alohida xonalarda joylashgan bo‘lishi va kirish eshiklari alohida bo‘lishi shart.

    Ushbu xonalarda ovqat tayyorlash, ovqatlanish, suv ichish, chekish, kosmetik bo‘yanish buyumlaridan foydalanish, kiyimlarni ilib qo‘yish (maxsus xalatlardan tashqari), behuda kirib chiqish qatiyan man etiladi. Bu xonalarda ishlayotganda tegishli epidemiyaga qarshi qoidalarga rioya qilinishiga kafedra mudiri va katta laborant javobgardirlar.

    1. Kafedra o‘quv xonalari va laboratoriyalarda suv bo‘lmasa, ishlash qatiyan man etiladi, shuningdek, elektrni o‘chirib qo‘yish xam mumkin emas, chunki muzlatgich va termostatlar doimo ishlab turishi lozim.

    2. Har bir o‘quv xonasi va laboratoriyalarda alohida suv jo‘mraklari (issiq va sovuq suvlar uchun), sovun, “elektr sochiq” (quritgich) va maxsus idishda dezinfeksiyalovchi eritma bo‘lishi shart. Agar “elektr sochiq” o‘rnatishning iloji bo‘lmasa, odatdagi sochiqlardan tegishli gigienik va epidemiyaga qarshi rejim qoidalariga amal qilgan holda foydalanish mumkin.

    3. Har bir o‘quv xonasi, laboratoriyalar va boshqa xonalardagi stol, kursilarning yuzlari silliq bo‘lishi (tirqishlari va boshqa xil nuqsonlari bo‘lmasligi) lozim. Agar ularning tirqishlari yoki boshqa xil nuqsonlari bo‘lsa ustiga polietilen yoping‘ich bilan yopib qo‘yiladi. Xonalar, laboratoriyalar va koridorlarda osib qo‘yilgan devoriy ko‘rgazmalar ham polietilen yopingich bilan o‘rab qo‘yilishi shart.

    4. Har bir ish kunida laborantlar xonalar va laboratoriyalarni 15-30 minut davomida kvars lampalari bilan nurlantirishlari, keyin esa stol, stol va xonadagi asbob-anjomlarni dezinfeksiyalovchi eritma bilan, mikroskoplarni esa 70% li etil spirti bilan artib chiqishlari lozim. Kafedra farroshi esa polni xloraminli suvda yuvib chiqishi kerak.

    5. Har xaftaning so‘nggi ish kunida mukammal, butun kafedra bo‘yicha artib

    – tozalash ishlari (devorlar, eshiklar, derazalar va ularning oynalari, tokchalari, stollar, kursilar bilan birgalikda) tegishli dezinfeksiyalovchi eritmalarni qo‘llagan holda olib borilish shart.

    1. Kasallikka chalingan yoki biror kasallik tufayli organizmi zararlangan kafedra xodimlari ishga, talabalar esa mashg‘ulotlarga qo‘yilmaydi (ayniqsa nafas yo‘llari va teri kasalliklari – piodermiyalar va mikozlar bilan kasallanganlar).




    Yüklə 5,17 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   209




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə