Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə11/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   209
Микро амалий китоб

SHarsimon bakteriyalar - k o k k l a r (yunoncha coccus- don, mag‘iz degan so‘zdan olingan). bo‘linish sathi va har bir hujayraning surtmada joylashishiga ko‘ra kokklar bir-biridan farq qiladi.

  1. Alohida-alohida joylashgan kokklarni mikrokokklar deb ataladi, saprofit kasallik keltirib chiqarmaydi (rasm-5).

  2. Diplokokklar – surtmada juft- juft bo‘lib joylashgan kokklar. Diplokoklar orasida odamda uchrovchi har xil kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilari (pnevmokokklar, gonogokklar, meningokokklar) bor.

  3. Streptokokklar – bo‘lingandan keyin bir-biridan ajralib ketmasdan, zanjirsimon joylashgan kokklar. Bularning vakillarining ko‘pchiligi odam uchun patogen hisoblanadi.

  4. Stafilokokk (uzum shingiliga o‘xshab joylashgan). Bo‘linishi muayyan tartib bilan bormaydigan bo‘lsa, u vaqtda kokklar birgalikda qolaveradi va uzum shingiliga o‘xshash to‘plamlar hosil qiladi.Odam uchun patogen turlari mavjud.





  1. rasm. Sharsimon bakteriyalarning asosiy formalari: 1-mikrokokklar; 2,3,4-diplokokklar; 5-tetrakokklar; 6- sartsinlar; 7-stafilokokklar; 8-streptokokklar




  1. Tetrakokklar (to‘rtta-to‘rtta bo‘lib joylashgan kokklar) bir-biriga tik ikki tekislikda bo‘linganda to‘rta kokkdan iborat bo‘lib joylashadi. Odam uchun patogen emas.

  2. Sarsinalar (8 yoki 16 ta kokklardai tashkil topgan to‘plamlar) bir-biriga tik uchta tekislikda bo‘linganda kubchalar ko‘rinishini eslatadigan kokkdan iborat bo‘lib joylashadi. Odam uchun patogen emas.

Bakteriyalarni morfologiyasini o‘rganish. Buning uchun bakteriyalar kulturalaridan tirik preparatlar, yopishtirilgan surtmalar tayyorlanib, anilin bo‘yoqlari bilan bo‘yaladi va mikroskopda ko‘riladi.
Tayoqchasimon bakteriyalar – (yunoncha bacteria - tayoqcha degan so‘zdan olingan). Bular ham bir-birlaridan o‘lchami, shakli, surtmada joylashishi va tayoqchalarni uchini ko‘rinishi bo‘yicha farq qiladi (rasm 6). Bakteriyalarning o‘lchami 0,1 dan 10 mkm gacha bo‘lishi. O‘lchami bo‘yicha 3 ta ko‘rinishda uchraydi: mayda bakteriyalar o‘lchami 0,1 -0,25 mkm bularga mikoplazmalar, bortonellalar; o‘rta o‘lchamli (1-3 mkm) bakteriyalar bularga ko‘pchilik tayoqchasimon (ichak tayoqchasi, bo‘g‘ma qo‘zg‘atuvchisi va boshqalar) bakteriyalar; o‘lchami katta (4-10 mkm) bularga gazli gangrena, qoqshol qo‘zg‘atuvchilari (rasm 7) kiradi. Bakteriyalar formasi bo‘yicha farqlanadi – to‘g‘ri formali (ichak tayoqchasi va bosh.) to‘g‘ri bo‘lmagan (korinebakteriya va bosh.) yoki shoxlangan (bifidumbakteriya va bosh.), oval (o‘lat qo‘zg‘atuvchisi), tarmoqlangan
ipsimon (aktinomitsitlar). Bakteriya tayoqchalarining ikki uchini tuzilishi bo‘yicha ham ular bir biridan farqlanadi. Ikki uchi qirqilgan (kuydirgi qo‘zg‘atuvchisi), yumaloqlashgan (ichak tayoqchasi), o‘tkirlashgan (fuzobakteriyalar), ikki uchi kattalashgan (bo‘g‘ma qo‘zg‘atuvchisi) shakllari uchraydi. Bakteriyalar bir-birlariga nisbatan surtmada joylashuviga qarab ham farqlanadi.
Ko‘pchilik bakteriyalar surtmada tartibsiz joylashadi (enterobakteriyalar), surtmada juft - juft bo‘lib joylashgan bo‘lsa diplobakteriyalar deb ataladi (klebsiellalar), agar spora xosil qilsa diplobatsillalar deb nomlanadi.


  1. rasm. Tayoqchasimon bakteriyalarning asosiy formalari: 1-ichak tayoqchasi; 2-diplobakteriyalar; 3-

streptobakteriyalar; 4-stretobatsillalar; 5,6-klostridiyalar; 7-bo’g’ma qo’zg’atuvchisi; 8-difteroidlar; 9-o’lat qo’zg’atuvchisi; 10-kokkabakteriyalar; 11-fuzobakteriyalar; 12-mikrobakteriya; 13-vibrionlar; 14-spirillalar; 15-treponemalar
Surtmada zanjirsimon bo‘lib joylashsa streptobakteriyalar (yumshoq shankr qo‘zg‘atuvchisi) spora hosil qilsa streptobatsillalar (antarokoidlar) deb ataladi. Surtmada rim raqamlarini eslatib yotishi mumkin (bo‘g‘ma qo‘zg‘atuvchisi), sigaret pachkasini eslatib turishi (moxov qo‘zg‘atuvchisi) mumkin.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə