Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


Gram musbat va gram manfiy bakteriyalar hujayra devori va sitoplazma komponentlarining kimyoviy tarkibi



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə16/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   209
Микро амалий китоб

Gram musbat va gram manfiy bakteriyalar hujayra devori va sitoplazma komponentlarining kimyoviy tarkibi





Hujayra devori
va sitoplazma komponentlari

Gram musbat bakteriyalar



Gram manfiy bakteriyalar

Ichki (peptidoglikan)
qavat

Tashqi lipopolisaxaridli
(tashqi membrana) qavat

Peptidoglikan

+

+



Teyxoy kislota

+





Lipoteyxoy kislota

+





Polisaxaridlar

±



+

YOg‘lar

±



+

Lipopolisaxaridlar





+

Lipoproteinlar



±

+

Magniyribonukleat

+





RNK va DNK nisbati

8 : 1

1 : 4

1 : 4

Sitoplazma rN

2,0-3,0

5,0 atrofida

5,0 atrofida

Gram manfiy bakteriyalar hujayra devorining Gram musbat bakteriyalarga nisbatan yupqaligi uning o‘tkazuvchanligini yuqori bo‘lishiga olib keladi.


SHunday qilib gensian binafsha bilan bo‘yalgan, yod ishtirokida hujayra protoplastida xosil bo‘lgan kompleks (GV+magniyribonukleati + yod va hujayra komponentlari) gram musbat bakteriyalarda mustahkam bo‘lib spirt bilan ishlov berilganda yuvilib, rangsizlanib ketmaydi. Bundan tashqari hujayra devorini qalinligi va uning o‘tkazuvchanligini pastligi bo‘yoqni spirtda erib ketmasligiga sharoit yaratadi. Gram manfiy bakteriyalarda esa mustaxkam kompleks hosil bo‘lmaydi va hujayra devorini o‘ta yupqaligi ham bo‘yoqni tez (30 daqiqagacha) erib, rangsizlanib ketishiga, va fuksin bilan qayta bo‘yalishiga olib keladi.

Bakteriyalarni harakatchanligi, xivchinlari.


Bakteryalarni harakatlari bir necha ko‘rinishda bo‘lishi mumkin; suzib yuruvchi, sirg‘anuvchi, sudraluvchi, o‘rmalovchi. Bakteriyalarni harakati xivchinlari hisobiga ro‘y beradi. Bakteriyalarni xivchinlari ingichka, uzun oqsil ipchalari bo‘lib, diametri 12-30 nm, uzunligi esa 6-9 dan 80 nm gacha bo‘lishi mumkin. Xivchin tarkibida
flagellin oqsili bo‘lib, u qisqarish xususiyatiga ega. Xivchinlar bakteriya tanasida joylashuviga qarab 4 guruhga bo‘linadi (rasm 13). Monotrixlar - bitta xivchini polyar joylashgan (V.choleae). Lofotrixlar - bir tutam xivchinlari bitta uchida joylashgan (Pseudomonas aeruginosa). Amfitrixlar - tutam xivchinlari har ikki uchida joylashgan (Spirillum volutans). Peritrixlar- xivchinlari tanasini hamma joyida joylashadi. (E. soli, Salmonella typhi).

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə