Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


Preparatni Romanovskiy Gimza usuli bo‘yicha



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə24/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   209
Микро амалий китоб

Preparatni Romanovskiy Gimza usuli bo‘yicha (metilen ko‘ki, eozin va azur aralashmasi bilan) bo‘yash. Surtmaga bo‘yoqning eritmasi (1ml distillangan suvga 2
tomchi bo‘yoq) tomiziladi va 10-20 min davomida ushlab turiladi. So‘ngra preparat suv bilan yuviladi va havoda quritiladi.
Qaytalama tif spiroxetalari Romanovskiy-Gimza usuli bilan bo‘yalganda binafsha rangga, qon eritrotsitlari-pushti, leykotsitlarning yadrosi - binafsha rangga bo‘yaladi. Treponemalar oq - pushti rangga, leptocpiralar esa, pushti - siren rangga


  1. rasm. Qorongilash tirilgan maydonda borrelalarning ko’rinishi



Rikketsiyalar – Ohirgi klassifikatsiya bo‘yicha (2001 Berdje qo‘llanmasi) Rikketsiyalar Protobacteria tipiga Alphaproteobacteria sinfiga va bu sinfga Rickettsia avlodi kiritilgan. Rikketsiya va xlamidiyalar Rickettsia sinfiga tegishli bo‘lib, hujayra ichida qat’iy (obligat) parazitlik qilib yashaydi. Ular ikkita: Ricketlsiales va Chlamidiales tartiblariga bo‘linadi.
Rikketsiyalar mayda grammanfiy mikroorganizmlar bo‘lib, obligat hujayra ichida yashovchi parazitlar hisoblanadi, juda ham o‘zgaruvchandir (polimorfizm). SHuning uchun kokksimon, tayoqchasimon, batsilyar, ipsimon shakllari uchraydi. Rikketsiyalarning o‘lchami 0,5 mkm dan 3-4 mkm gacha, ipsimon shakldagi rikketsiyalarning uzunligi 10-40 mkm gacha etishi mumkin. Spora va kapsulalar hosil qilmaydi. Rikketsiyalarni hayot sikli xo‘jayin organizimining holatiga bog‘liq bo‘lib, ularda ikki xil yashash bosqichi kuzatiladi. Vegetativ aktiv va tinch turuvchi shakllari. Rikketsiyalarning vegitativ formalari asosan tayoqchasimon bo‘lib, aktiv binar yo‘li bilan bo‘linadi o‘ta harakatchan, tinch turuvchi shakli sferik ko‘rinishda bo‘lib ko‘paymaydi. Rikketsiyalar tipik prokariot hujayralari bo‘lib, ularning hujayra devorining tuzilishi gram manfiy bakteriyalardan farq qilmaydi. Rikketsiyalar spora,
kapsula hosil qilmaydi. Zdrodovskiy usuli bilan qizil rangga bo‘yaladi. Rikketsiyalar odamlarda transmissiv yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Rikketsiyalar oraliq hujayralar bo‘lib, o‘zlarining hujayrasining tuzilishi va ko‘payishi bilan bakteriyalarga yaqin turadi. YAshash muxitlari bilan esa viruslarga yaqin turadi. Rikketsiyalar faqat hujayraning obligat paraziti bo‘lib hayot kechiradi.



18-rasm.

Rikketsiyalar shakli buyicha har xil tuzilishga ega: tayyoqchasimon, ipsimon, tarmoqlangan. Rikketsiyalar xarakatsiz bo‘lib spora hosil qilmaydi. Rikketsiyalarning talaygina turlari odamda rikketsioz kasalligini chaqiradi.




Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə