Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


rasm. Speroxetalar marfologiyasi: 1-treponemalar; 2-borrelilayalar; 3-lepto spirallar; 4- elektron mikroskopda ko’rinishi (a-buramalar; b-tashqi yopqich



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə23/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   209
Микро амалий китоб

rasm. Speroxetalar marfologiyasi: 1-treponemalar; 2-borrelilayalar; 3-lepto spirallar; 4- elektron mikroskopda ko’rinishi (a-buramalar; b-tashqi yopqich qavati)

Ularning soni turlarga qarab 2 tadan 100 bo‘lishi mumkin. Fibrillalar spiroxetalarni bir uchi, bleforoblastlarga maxkamlangan bo‘ladi, ikkinchi uchi ham ba’zilarida mahkamlangan, ba’zilarida esa birikmagan bo‘lishi mumkin, ularning ustidan tashqi yopqich qavat o‘rab turadi. Patogen spiroxetalarning uzunligi 3-20 mkm va yo‘g‘onligi 0,1-0,5 mkm.




  1. rasm.

Ayrim zotlarning vakillari bir-biridan uzunligi va yo‘g‘onligi, o‘ramaning soni, harakat tiplari va xususiyati (2-jadval) bilan farqlanadi. Spiroxetalar grammanfiy. Borreliyalar treponema va leptospiralardan anilin bo‘yoqlari bilan yaxshi bo‘yalishi orqali farq qiladi. Treponema va leptospiralar morfologiyasi tirik mikroorganizmlarni mikroskop ostida ko‘rish usuli bilan «ezilgan» yoki «osilgan» tomchi - preparatlarni qorong‘ilashtirilgan maydon yoki fazo-kontrast mikroskoplar yordamida hamda Romanovskiy-Gimza yoki maxsus bo‘yash usullari bilan o‘rganiladi. Masalan, surtmani kumushlantirish usullari bilan ham spiroxetalarning morfologiyasi o‘rganiladi.
Qondan surtma tayyorlash. Toza buyum oynasining bir tomoniga bir tomchi qon tomiziladi. Ikkinchi bir tomoni silliqlangan buyum oynasini 45° da ushlagan holda birinchi buyum oynasidagi qon tomchisiga tekkiziladi va asta-sekin ikkinchi tomonga qon bilan birga suriladi. Natijada qon buyum oynasining ustida bir xil qalinlikda suriladi. Preparat havoda quritiladi va suyuq fiksatorda (metil spirti yoki etil spirtining efir bilan aralashmasi) oynaga biriktiriladi.
Jadval 2.

Spiroxetalarning morfologik belgilari




Spiroxetalar avlodi

O‘ramalar soni va xususiyati

Harakat turlari

Romanovskiy-
Gimza usuli bilan bo‘yalishi

Borrella

3-10 yirik notekis

Turtkisimon,
bukilgan- ilgarilama

Ko‘k binafsha

Treonema

8-12 mayda bir
tekis

Bukilgan,
ilgarilama, bir tekis

Oqish pushti

Leptospira

Ko‘p sonli, birlamchi o‘ramalari bor, ikkilamchi
o‘ramalari S va S shakliga ega.

Juda tez, aylanuvchan, ilgarilama

Pushti sirensimon

Saprofit(og‘iz bo‘shlig‘idagi) spiroxetalar

6-10 yirikroq, birmuncha dag‘al, buramalarining kattaligi har – xil, notekis

Bir tekisda emas, avvaliga to‘xtab, so‘ngra keskin xarakat qiladi, xarakati davomida o‘z shaklini
o‘zgartirib turadi.

Ko‘k binafsha


Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə