Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


Viruslarning taksonomik toifalari



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə31/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   209
Микро амалий китоб

Viruslarning taksonomik toifalari. Virusologiyada quyidagi taksonomik toifalar (kategoriyalar) qabul qilingan Viruslar tasnifi va taksonomiyasi yangi olingan ma’lumotlar asosida doimo to‘ldirilib boriladi.
Viruslar Taksonomiyasi bo‘yicha Xalqaro Tashkilot-VTXT (International Committee on Taxonomy of Viruses-ICTV) shug‘illanadi. Bu tashkilot Butun Dunyo Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti bilan yaqin aloqada bo‘ladi. Hozirgi kunda VTXT da 1550 xildan ortiq viruslar xususiyatlari yozilgan reestr tuzilgan va ma’lumotlar bazasi ICTV dB yaratilgan. Viruslar taksonomiyasining zamonaviy tizimi K. Linney tasnifining prinsiplariga asoslanadi va quyidagi taksonomik mezonlardan iborat: tartib, oila, oilacha, avlod, tur.


  1. rasm. Odamlarda asosiy kasallik keltirib chiqaruvchi viruslar morfologiyasi va o’lchamlari

Tartib – genomning tipiga bog‘liq ravishda virus oilalarini birlashtiradi va ularning lotincha nomlanishiga“ – viralis” qo‘shimchasi qo‘shiladi, masalan Mononega viralis (bir ipli manfiy RNK ipli).
Oila – umumiy evolyusion kelib chiqishiga ega bo‘lgan viruslar guruhlaridan (avlodlardan) tashkil topadi. Oila nomning ohiriga viridae so‘zi qo‘yiladi, masalan Poxviridae.
Oilacha- bir oilaga kiruvchi viruslarni o‘rganishda ularning umumiy evolyusion kelib chiqishiga qarshi yangi ma’lumotlar olingan tag‘dirda bu tokson qo‘llaniladi. Oilacha “virinae” qo‘shimchasiga ega. Masalan, chin chechak virusi oilasi 2 ta oilachaga Chordopoxvirinae (umurtqalilarda chin chechak ketirib chiqaruvchi) va Entomopoxvirinae (hashoratlarda chin chechak keltirib chiqaruvchi) bo‘linadi.
Avlod - umumiy evolyusion kelib chiqishiga ega va umumiy ko‘plab xususiyatlari o‘xshash bo‘lgan viruslarni jamlashtiradi. Avlod so‘zi (virus) so‘zi bilan tugaydi. Masalan Chordopoxvirinae oilachasiga 6 avlod kiritilgan, bulardan Orthopoxvirus va Parapoxvirus avlod vakillari tibbiy amaliyotda axamiyatliroq.
Tur – viruslarning avlod ichidagi bo‘limidir. Tur bu nukleotid tarkibi o‘xshash va ma’lum bir ekologik muhitni egallovchi bir avlodga mansub viruslar yig‘indisidir. Turni nomlashda -“ virus” qo‘shimchasi ishlatiladi. Masalan CHin chechak virusi, Gripp virusi, Poliovirus, lekin hamma viruslarda oila osti kategoriyasi berilmagan va bakteriyalarga o‘xshash binomonal (qo‘shaloq) nomlash ham virusologiyada qo‘llanilmaydi.
Virusologik amaliyotda viruslar turlari kenja tur, serovariantlar, genetik variantlar, shtamlar kabi rasmiy qabul qilinmagan ko‘rsatkichlar ham keng qo‘llaniladi.
Viruslarning tartib, oila, oilacha, avlod, turlarini aniqlashda asosiy mezonlar quyidagilar hisoblanadi:

    1. Virus genomini tuzilishi va turi. 2.Virus replikatsiyasining strategiyasi. 3.Virionning tuzilishi.

Avlod ichida turni saralash maqsadida quyidagi mezonlardan foydalaniladi:

    • genom tarkibidagi o‘xshashlik;

    • tabiiy ho‘jayini (ekologik manba);

    • to‘qima va hujayralarga tropizmi;

    • patogenlik va sitopatologiya;

    • infeksiyaning yuqish yo‘li;

    • virioning fizik-kimyoviy xususiyati;

    • simmetriya tiplari;

    • virusning antigenlik xususiyatlari.

Zamonaviy tasnif bo‘yicha odam uchun patogen bo‘lgan viruslar 20 ta oilaga kiritilgan. Bulardan 13 tasi RNK genomli viruslar va 7tasi esa DNK genomli viruslar xisoblanadi (rasm 23).

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə