Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


rasm. Viruslarning tuzilishi va simmetriya. a) Yalang’och ikosaedral simmetriya



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə30/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   209
Микро амалий китоб

rasm. Viruslarning tuzilishi va simmetriya. a) Yalang’och ikosaedral simmetriya.

  1. Qiyingan ikosaedral simmetriya. v) Yalang’och spiral simmetriya. g) Kiyingan spiral simmetriya.

d) Tamaki mazaika virusi. e) Polioma virusi (sxematik modeli)


Spiralsimon simmetriya (tamaki mazaika, gripp, koronaviruslarda) vintsimon ko‘rinishdagi nuklein kislotasini tashqaridan mustahkam oqsil subbirliklari (protomer) o‘rab turadi. SHakllangan nukleokapsid tayoqchasimon yoki ipsimon ko‘rinishda bo‘ladi. Spiral tayoqchasimon simmeriya tipiga ega bo‘lgan oddiy viruslarga tamaki bargi virusi, ipsimonlariga esa ba’zi bir bakteriofaglar misol bo‘la oladi. Bu tipdagi simmetriya tutovchi oddiy viruslar odam va umirtqali hayvonlarda kasallik keltirib chiqarmaydi.
Kubik yoki ikosaedrik simmetriya da kapsid virionni nuklein kislotasi joylashgan ma’lum ko‘rinishdagi izometrik tana, mag‘izni hosil qiladi. Kubsimon simmetriyada kapsid sharsimon, ba’zida prizmasimon shakilli kapsomerlardan tuzilgan. Har bir kapsomer besh (pentomer) yoki olti (seksomer) subbirliklardan
tashkil (rasm 22) topadi. Kubsimon simmetriya asosida, kapsomerlar hosil qiladigan teng tamonli burchakli kombinatsiyalar yotadi.
Kubsimon simmetriyali odiy viruslar (yalang‘och) ko‘p qirrali shakilda (gepatit A, koksaki va boshqa enteroviruslar), superkapsid bilan o‘ralgan murakkab viruslar esa, asosan sferik shakilga ega (orto-, paramiksoviruslar) bo‘ladi. Lekin murakkab viruslarning o‘qsimon (qutirish virusi), parallelepiped (chin chechak virusi) shakllariga ega tiplari ham bor.
Aralash simmetriya tiplari bakteriofaglarda kuzatiladi, ularning bosh qismida kubsimon, tanasida esa spiralimon simmetriyalar uchraydi.
Murakkab tuzilishga ega bo‘lgan virionlarni ichki strukturasi, ularning mag‘izi deb ataladi. Adenoviruslarda mag‘iz qismida DNK bilan bog‘langan gistonlarga o‘xshash oqsillar uchrasa, reoviruslarda bu ichki kapsid oqsildan iborat.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə