Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


rasm. Viruslar indekatsiyasi va identifikatsiyasida gemagglyutinatsiya va gemagglyutinatsiyaning tormozlanish reaksiyasi (sxemasi) mexanizmlari



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə38/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   209
Микро амалий китоб

rasm. Viruslar indekatsiyasi va identifikatsiyasida gemagglyutinatsiya va gemagglyutinatsiyaning tormozlanish reaksiyasi (sxemasi) mexanizmlari.

Rangli reaksiya. Hujayra kulturalarida viruslarni ko‘payishini rangli reaksiya orqali ham indikatsiya qilish mumkin. Buning aniqlash, normal ko‘payuuvchi hujayra kulturasi uchun qo‘llanilgan oziqli muhitdagi indikatordan foydalaniladi. Agar hujayrada virus ko‘paymasa tirik hujayra kulturalarda normal metobolitik jarayon kuzatiladi va bu jarayon natijasida nordon mahsulotlari yig‘ilib qoladi, indikator rangi o‘zgaradi. Hujayra kulturasida virus ko‘paysa, hujayraning metobolizimi buziladi (nobud bo‘lishiga olib keladi) indikator rangi o‘zgarmaydi.
Interferensiya fenomeni. Bu usul asosan hujayra kulturalarida ko‘payib, lekin aniqlab bo‘lmaydigan HPT xususiyatga ega bo‘lgan viruslarni
indikatsiya qilishda qo‘llaniladi. Hujayra kulturasiga virus saqlovchi material yuqtiriladi keyin esa indikator virus (vezikulyar stomatit virusi VSV) yuqtiriladi. Agar tekshirilayotgan materialda izlanilayotgan virus bo‘lsa indikator virusni HPT
kuzatilmaydi (hujayra izlanilayotgan virus tomonidan egallangan). YOrug‘lik mikroskopida vizual ko‘rish mumkin. Tekshirilayotgan materialda virus bo‘lmasa VSV hujayraga patologik ta’sir ko‘rsatadi.



  1. rasm. Tovuq embrionining (8-10 kunlik) sxematik ko’rinishi

Viruslarni undirib olishda tovuq embrionidan foydalanish. Virusologik amaliyotda tovuq embrioni hujayra kulturasi va tajriba qilinayotgan hayvonlarga nisbatan bakteriyalar bilan ifloslanish darajasi kam va qo‘shimcha mikroorganizmlar bilan kamdan-kam hollardagina zararlangan bo‘ladi. Bundan tashqari, turli ta’sirotlarga ham juda chidamlidir. Rikketsiya, xlamidiya va bir qator viruslarning diagnostik maqsadlarda, sof kulturasini olish va turli preparatlar (vaksina, diagnostikumlarni) tayyorlash uchun 8-12 kunlik tovuq embrionlaridan foydalaniladi (rasm29). YUqorida ko‘rsatilgan mikroorganizmlarning ko‘payganligi embrion qobiqlarining ochilganidan so‘ng pardalarida hosil bo‘lgan morfologik o‘zgarishlar orqali o‘rganiladi. Masalan chin chechak yuqtirigan embrion tanasida, qobig‘ida qon quyilishlar kuzatiladi, embrion nobud bo‘ladi. Bundan tashqari virus ko‘payishi natijasida allantois, amnion suyuqligida viruslar yig‘ilib qoladi va gemagglyutinin fermenti bor viruslarni GAR orqali indikatsiya qilish mumkin.
Rivojlanayotgan tovuq embrionida viruslarni ko‘paytirish sanoat miqiyosida qo‘llaniladi, ammo ko‘pchilik viruslar tovuq embrionida ko‘paymaydi, bundan tashqari tekshirilayotgan viruslarni embrionini ochmay turib aniqlab bo‘lmaydi, shuningdek unda ko‘p miqdordagi oqsil va boshqa yot birikmalarning borligi, tayyorlangan preparatlarni allergik xususiyatini oshiradi, ularni tozalanishini qiyinlashtiradi.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə