Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə37/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   209
Микро амалий китоб

Gemadsorbsiya reaksiyasi. Viruslarni indikatsiya qilish usullaridan biri, ular kirib ko‘payayotgan (reproduksiya) hujayraning yuzasi eritrotsitlarni adsorbsiya qilish qobiliyatiga asoslangan, bu esa gemadsorbsiya reaksiyasi deyiladi (25-rasm). Gemadsorbsiya ham gemagglyutinatsiya reaksiyasiga o‘xshash mexanizimga ega. Gemadsorbsiyalash xossasiga ega bo‘lishi virus yuqtirgan hujayra membranasida virusga xos maxsus oqsillarning-gemagglyutininlarning joylashganiga bog‘liq bo‘lib, eritrotsitlarda bu oqsillarga komplementar retseptorlar bo‘ladi va shuning uchun ham ular virus bilan zararlangan hujayralar yuzasiga adsorbsiyalanadi. Bu reaksiyani qo‘yish uchun viruslar bilan zararlangan hujayra kulturasira eritrotsitlar (ko‘proq tovuq, dengiz cho‘chqachasi, maymun va odamning O (I) eritrotsitlari ishlatiladi) suspenziyasi qo‘shiladi. Ma’lum vaqtdan so‘ng hujayralar natriy xloridning izotonik eritmasi bilan yuviladi. Tarkibpda viruslar bo‘lgan hujayralar yuzasida eritrotsitlar yopishganicha qoladi. YOrug‘lik mikroskopida ko‘rish mumkin. Virus yuqtirilgan hujayra kulturasiga tip maxsusligini namoyon qiluvchi zardob qo‘shilib saqlansa, hujayralar gemadsorbsiya qilish qobilyatini yo‘qotadi, ya’ni gemadsorbsiya tormozlanib qoladi. Bu fenomen viruslarning identifikatsiyasida qo‘llaniladi.
Gemagglyutinatsiya reaksiyasi. Bu reaksiya suyuqlikdagi hujayra kulturasi yoki tovuq embrionining xorion-allantois yoki amniotik suyuqlikdagi viruslarni indikatsiya qilish uchun qo‘llaniladi.
Gemagglyutinatsiya reaksiyasida virus superkapsidi tarkibida gemagglyutinin fermenti bo‘lgan viruslar (gripp, paragripp) keltirib chiqaradi, ya’ni virus ko‘paygan hujayra kulturasiga tovuq, g‘oz, dengiz cho‘chqachalari eritrotsitlari qo‘shilsa, viruslar eritrotsitlarni bir-biriga yopishtirib (rasm 26) qo‘yadi. Bu usulda viruslarning suyuqlikdagi titrini suyultirish darajasiga qarab aniqlash mumkin. Virusologik amaliyotda viruslarning indikatsiya qilishda keng qo‘llaniladi.





  1. Yüklə 5,17 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə