Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


Virusni hujayrada kiritmalar hosil qilishi



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə36/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   209
Микро амалий китоб

Virusni hujayrada kiritmalar hosil qilishi. Ko‘pchilik viruslar hujayralarda ko‘payganda hujayrada ilgari kuzatilmagan kiritmalar hosil qilishlari mumkin. Masalan qutirish virusi nerv hujayralarning sitoplazmasida eozinofilli kiritmalar hosil qiladi (Babesh-Negri tanachasi), virus nukleokapsidlarini sitoplazmada (yadro oldida) yig‘ilib qolishi natijasida kuzatiladi. CHin chechak virusi xujayin hujayrasining sitoplazmasida ko‘payadi va sitoplazmada katta hujayralar va ularning sitoplazmasida Gvarnieri tanachalarini hosil qiladi. YOrug‘lik mikroskopida ham aniqlash mumkin (rasm-25).


  1. rasm. Viruslarning hujayraga sitopatik ta’siri. A-Quyon ko’z mugiz pardasidan olingan gistologik preparat (chin chechak virusi yuqtirilgan) sitoplazmada, yadro atrofida kiritmalar. B- gemadsorbsiya reaksiyasi. V-virus yuqtirilganda xujayra kulturasidagi viruslar koloniyasi (pilakchalari) xosil bolishi.

Pilakchalar hujayra kulturasida hosil qilishi.


Viruslarning miqdori jihatdan aniq sonini hisobga olish usuli
hisoblanadi (25v-rasm). Viruslarni ajratib olishda bir qavatli hujayra kulturasidagi oziqli muhit olib tashlanib virus saqlovchi material saqlovchi material bilan hujayra kulturasiga virus yuqtiriladi, so‘ngra neytral qizil indikator qo‘shilgan yupqa agar qatlami bilan qoplanadi.
Termostatda bir necha kun saqlab turilgandan so‘ng, agar qoplamasida ma’lum shakldagi oq-oq dog‘lar monoqatlam fonida (pilakcha) paydo bo‘ladi. Bu esa, bir
tekisda o‘sgan hujayra kulturasi tarkibida virus ko‘payishi natijasida hosil bo‘lgan jonsizlangan hujayralar to‘plamidir. Har bir pilakcha birgina virus zarrachasining ko‘payishi natijasida hosil bo‘lib, neytral qizil bilan bo‘yalgan hujayralar fonida yumaloq oq dog‘lar shaklida ko‘rinadi.
SHu usul bilan aniqlangan virusning titri 1 ml tekshirilayotgan materialda pilakcha hosil qiluvchi birlik (PXB) bilan belgilanadi. Pilakchaning katta-kichikligi, morfologiyasi va uning paydo bo‘lish vaqti, virusning har xil turida turlicha bo‘ladi, xatto shu turning ichidagi ayrim shtammlarida ham farqlanadi. Viruslarning bu xususiyati shtammlarni seleksiya qilishda va ularning sof liniyasini ajratib olishda qo‘llaniladi.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə