Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə44/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   209
Микро амалий китоб

Metodik ko‘rsatmalar.


Fagni atrof-muhitdan ajratib olish. Virulentli fag olish uchun dastlabki material (suv, najas suspenziyasi va boshkalar) bakteriya filtridan o‘tkaziladi. So‘ng filtrat tayyorlanadi. Olingan filtrat ma’lum bakteriya kulturasi bilan birgalikda bulonga ekiladi va termostatda 37°S da 18—24 soat davomida saqlanadi. Kultura lizisga uchragandan so‘ng, qolgan bakteriya hujayralaridan fag sentrafuga yordamida yoki filtrdan o‘tkazib tozalanadi. Filtratda fagning borligini sifat va son jihatidan aniqlaydigan usullar bilan tekshiriladi.
S.aureus fagini sifatini aniqlash usuli. Oziqli agarli Petri kosachasiga
S.aureus sutkali, bulonli kulturasi gazon bilan ekiladi va 37°S da 10—15 min
davomida quritiladi. So‘ng gazon yuzasiga bir tomchi fag tomiziladi va ikkinchi chetiga tomchi etib borguncha Petri kosachasi qiyshaytiriladi. Termostatda bir sutka davomida inkubatsiya qilinganidan so‘ng, kosacha ko‘zdan kechiriladi, bunda fag tomchisi tekkan erda lizis zonasining borligi belgilanadi.
Stafilokokk kulturasini fagotipini aniqlash. Tekshirilayotgan sutkali stafilokokkni bulonli kulturasini Petri kosachasidagi oziqli agarga gazonli usulda ekiladi, termostatda bir oz quritiladi, so‘ngra Petri kosachasi orqasi kvadratlarga bo‘linadi qo‘llanilayotgan fag tiplari yoziladi va har bir kvadratga paster pipetkasi bilan bir tomchidan yozilgan raqamga xos bo‘lgan stafilokokkni 4 guruh faglar tiplari tomiziladi. Bir sutka termostatda o‘stirilgandan so‘ng, qaysi kvadratlarda lizis bo‘lganligi ko‘zdan kechiriladi. Stafilokokk kulturasining fagotipi lizisni keltirib chiqaradigan fag tipi bilan aniqlanadi.

Amaliy ishlarning bajarilishi


Amaliy ish 1.
Hujayra kulturasida va tovuq embrionida viruslarni reproduksiyasini aniqlash (indikatsiya) maqsadida gemagglyutinatsiya reaksiyasini qo‘yish.


Amaliy ish 2.
Rinotsitoskopik usulda bosma surtma tayyorlab viruslar sitopatik ta’sirini Romonovskiy- Gimza usulida bo‘yab ko‘rish.


Amaliy ish 3.
Stafilakokk kulturasini fagotipini aniqlash.



Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə