Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə52/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   209
Микро амалий китоб

Elektiv muhitlar. Elektiv oziqli muhitlar turli xil, boshqa mikroflorali materialdan ma’lum turni ajratib olish va uni to‘plashga mo‘ljallangan. Ma’lum mikroblarga elektiv oziqli muhitni yaratishda, bu mikroblarning boshqa ko‘pchilik mikroblardan farqlantiradigan biologik, fermentativ xususiyatlariga asoslaniladi. Masalan qonli zardobli muhitlar bo‘g‘ma, ko‘k yo‘tal qo‘zg‘atuvchisini ajratib olishda (Klauberg II, KUA) tuberkulyozda (Levenshteyn-Yensen) stafilokokklarda natriy xlor tuzining konsentratsiyasi yuqori bo‘lgan muhiti, vabo vibrionida esa - ishqoriy muhit qo‘llaniladi.
Differensial-diagnostik oziqli muhitlar. Ayrim turdagi (yoki gruppalar) mikroorganizmlarni bir-biridan ajratish, farqlash uchun ishlatiladi.
Differensial-diagnostik muhit tuzilish prinsipiga ko‘ra, bakteriyalar xilma-xil turlarining o‘zaro biokimyoviy faolligi hamda bir xil bo‘lmagan fermentlar to‘plamiga ega bo‘lishi va oziqli muhit tarkibiga kiruvchi substratlarning parchalanishiga asoslangan.
Differensial-diagnostik muhitlar tarkibiga quyidagi asosiy komponentlar kiradi:

  1. bakteriyalarning ko‘payishini ta’minlaydigan asosiy organik, neorganik birikmalar, kazein gidrolizati pepton va boshqalar.

  2. qo‘shimcha ma’lum kimyoviy substrat ularni parchalanishi oqibatida muhitni rN nordon tomonga (uglevodlar, mochevina) yoki ishqoriy (oqsillar parchalanishida) o‘zgaradi. Bu xususiyat shu mikrobning diagnostik belgisi hisoblanadi;

v) rangli indikator (masalan, Andrede, bromtimol ko‘ki, bromkrezol purpur, krezol qizil indikatori), rangining o‘zgarishi sodir bo‘layotgan biokimyoviy reaksiyadan va tekshirilayotgan mikroorganizmda ushbu ferment sistemasi borligidan dalolat beradi. Agar oziq muhitdagi metobolitlarni parchalasa muhit nordonlashuvi mumkin, Andrede indikatori bor muhit qizarishi, brom timol ko‘k bilan musbat bo‘lishi mumkin, lekin oraliq mahsulot natijasida muhit ishqoriy tomonga siljisa bu ikki indikatorni rangi o‘zgarmaydi.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə