Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


Hamma differensial-diagnostik muhitlar 4 ta asosiy guruxga bo‘linadi



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə53/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   209
Микро амалий китоб

Hamma differensial-diagnostik muhitlar 4 ta asosiy guruxga bo‘linadi.


  1. Tarkibida oqsil tutuvchi, bakteriyalar fermentlari ta’sirida harakterli o‘zgaruvchi muhitlar (qon, jelatina, sut va bosh.). Bu muhitlarda bakteriyalarni gemolitik, proteolitik xususiyatlari o‘rganiladi, bulardan eng ko‘p (go‘sht peptonli jelatina, ivitilgan ot qon zardobi, sutli va qonli agar) ishlatiladi.

  2. Tarkibida uglevodlar, ko‘p atomli spirtlar tutuvchi indikatorli muhitlar. Bu muhitlarda bakteriyalar uglevodlarni parchalashi oqibatida kislotalar va gaz xosil bo‘ladi, muhitning rN nordon tomonga siljiydi va indikator muhitni rangini o‘zgartiradi. Bakteriologik amaliyotda lakmusli sut (Minkovich muhiti), Giss (Xissa) muhitlari keng qo‘llaniladi. Giss muhitida bakteriyalarni turli uglevodlarni fermentatsiya qilish xususiyati o‘rganiladi. Enterobakteriyalarni farqlashda peptonli uglevod, Andrede indikatori qo‘shilgan va muhitga gaz hosil bo‘lishini aniqlash uchun uzunligi 3 sm bo‘lgan shisha naycha, uning bir tomoni berk, solib qo‘yiladi. Agar bakteriyalar uglevodni parchalasa indikatorni rangi o‘zgaradi, gaz hosil bo‘lsa shisha naychaga gaz yig‘iladi. Giss muhitida bir nechta uglevodlar qo‘llanganligi sababli, bakteriyalar bir uglevodni parchalashi, ikkinchisini esa parchalamasligi mumkin. SHuning uchun uglevodlar qatori olachipor (rangli qator) bo‘lishi mumkin, nomlash shundan kelib chiqgan. Uglevodlardan amaliyotda ko‘pincha monosaxaridlar (glyukoza,arabinoza, mannoza), disaxaridlar (laktoza, maltoza,

saxaroza) polisaxaridlardan (kraxmal, glikogen, inulin, dekstrin) va glikozidlardan esa (adonit, inozit, salitsin) ishlatiladi.

  1. Bakteriyalar tomonidan ma’lum moddalarni parchalashini, tiklanishini o‘rganuvchi muhitlar (metilen ko‘ki qo‘shilgan sutli muhit, nitratli muhit). Masalan enterokokklar metilen ko‘ki qo‘shilgan sutli muhitda, uni reduksiyaga uchratib, muhitni oqartirib qo‘yadi, S. pyogenis esa muhitni rangini o‘zgartirmaydi.


  2. Yüklə 5,17 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə