Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


Biologik usul - Fortner usuli



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə61/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   209
Микро амалий китоб

Biologik usul - Fortner usuli. Petri kosachasiga qalin qilib, o‘zida 1-2% glyukoza saqlangan 5% qonli agar solinadi. Oziq muhit o‘rtasidan steril skalpel yordamida qirqiladi, natijada oziq muhit 2 ga ajraladi va termostatda yaxshilab kuritiladi, chunki suv tomchilari orqali aerob va anaerob mikroorganizmlar aralashib ketishi mumkin. Oziq muhitning bir qismiga aerob mikroorganizmlarning kulturasi, ikkinchi qismiga anaerob mikroorganizmlar ekiladi va Petri kosachasi yopiladi. Ichkariga tashqi muhitdan kislorod tushmasligi uchun Petri kosachasining bo‘sh oralig‘i leykoplaster yoki paxta va parafin bilan yaxshilab bekitiladi. 2-3 kunga termostatga qo‘yiladi.

Anaerob mikroblarni o‘stirish uchun muhitlar.


Vilson-Bler (temir-sulfitli agar) muhiti. Bu muhit oziqli agarda, glyukoza, Na2SO3, G‘eS1z (temir xloridi) qo‘shib tayyorlanadi. Anaerob klostridiyalar (CI.
perfringens) bu muhitda Na2SO3 ning Na₂S bilan (natriy sulfitga) qaytarilishi
hisobiga temir xlorid bilan birikib, qora rangli temir sulfat cho‘kmasini berishi natijasida qora rangli koloniyalarni vujudga keltiradi.
Kitta-Tarotssi muhiti. Uning tarkibi oziqli bulon, 0,5% li glyukoza va kislorodni shimib oluvchi jigar bo‘lakchalari yoki go‘sht qiymasidan iborat. Ekishdan oldin havoni chiqarib yuborish uchun muhit suv hammomida 10-15 min davomida qaynatiladi. Atmosfera havosidan ajratib turish uchun muhitga ozgina vazelin moyi tomiziladi.

Mikroorganizmlarni tuzilishi va bo‘yalish xususiyatiga ta’rif berishni o‘rganish.


Aerob mikroorganizmlarni o‘stirishda ekilgan oziq muhit to‘g‘ridan-to‘g‘ri termostatga qo‘yiladi. Mikroorganizmlarni shu usullar yordamida o‘stirishdan maksad ajralgan holda yotgan koloniyalar olishdir. SHu koloniyalar sof kultura ajratib olishda foydalaniladi. Sof kultura ajratib olingandan keyin uning xususiyatlari o‘rganiladi: morfologik-tinktorial, kultural, bioximik, toksigenlik, antigenlik, antibiotiklarga sezgirlik va boshqalar o‘rganiladi.


Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə