Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə63/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   209
Микро амалий китоб

Probirka tubida o‘sish, ya’ni cho‘kma hosil qilish. Bunda cho‘kma har hil ko‘rinishda bo‘ladi. CHo‘kma ustidagi oziq muhit yoki loyqa ko‘rinishida bo‘lishi

mumkin. Oziq muhit va cho‘kmaning rangi mikroorganizmni hosil kiladigan pigmentiga bog‘liq. Agar mikroorganizm pigment hosil qilmasa, oziq muhit o‘zgarmaydi, cho‘kma esa bunday xollarda sarg‘ish yoki oqish kulrang bo‘ladi. Bunday o‘sish asosan anaerob nafas oluvchi mikroorganizmlarga xos.

  1. Probirka devoriga yopishib o‘sishi. Bunda oziq muhit o‘zgarmasdan qoladi. Mikroorganizmlarning turiga karab, devorga yopishib o‘sgan mikroorganizmlar oson yoki qiyin ajratib olinadi.

  2. Oziq muhitning yuzasida parda hosil qilib o‘sishi. Bunda parda har xil ko‘rinishda, qalinlikda, holatda bo‘lishi mumkin. Ularning va oziq muhitning rangi mikroorganizmlarining pigmentiga bog‘liq. Bunday o‘sish asosan aerofil mikroorganizmlarga xosdir.

Mikroorganizmlarning yarim suyuq muhitlarda o‘sishi. Buni bilish uchun mikroorganizmlar 0,2-0,5 % li yarim suyuq stolbik agarga sanchib ekish usuli ekiladi, mikroorganizmlarning o‘sishiga qarab ular harakatchanligini bilishimiz mumkin. Harakat qiluvchi mikroorganizmlar oziq muhitda deyarli bir xil loyqa yoki xiralik hosil qiladi. Harakat qilmaydigan mikroorganizmlar esa faqat ekish yo‘lida o‘sadilar. Atrof muhiti o‘zgarmay qoladi.

Mikroorganizmlarni saxaralitik va proteolitik xususiyatlarini o‘rganish.


Fermentativ xususiyat- mikroorganizmlarning oqsilni (proteolitik) va uglevodlarni (saxaralitik) parchalash xususiyatlarini bildiradi.

  1. Saxaralitik xususiyat - buning uchun Giss ola-chipor qatori oziq muhitlari olinadi. Giss muhiti 2 xil: qisqa qator glyukoza, laktoza, saxaroza, uzun qator- monosaxarid va polisaxaridli muhitlardan iborat bo‘ladi.

Mikroorganizmlar uglevodlarni parchalashiga qarab natija o‘qiladi.
Mikroorganizmlar uglevodlarni kislota va gazgacha parchalaydi. Agar mikroorganizm uglevodlarni kislotagacha parchalasa muhitning rangi o‘zgaradi, gazgacha parchalasa pufakchalar hosil bo‘ladi.


  1. Yüklə 5,17 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə