Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə59/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   209
Микро амалий китоб

Sedimentatsiya usuli: bu usulda asosan o‘quv xonalarining xavosi, tug‘ish zalining xavosi, operatsiya va bog‘lov xonasining xavosi, maktab va yasli xonalarining xavosi, oshxona xavolari tekshiriladi. Petri kosachasiga plastinkasimon agar-tayyorlangan agar 2-4 mm xajmda solinib, tekis joyda kopkog‘i qiya ochik xolatda 20 daqiqaga qo‘yiladi va qopqog‘i berkitilib 18-20 soatga 37 0Sga termostatga qo‘yiladi. Malum vaqtdan keyin natija o‘qiladi.

  • SHtrixsimon ekish: Petri kosachasiga plastinkasimon agar-tayyorlangan agar 2-4 mm xajmda solinib, tekis joyda qopkog‘i qiya ochiq xolatda qo‘yiladi va xona havosida sovutiladi. Tekshirilayotgan biologik ashyodan qovuzloq yordamida olinib, spirtovka alangasi ustida ozik muhitga shtrixsimon (ilon izi) qilib ekiladi va 18-20 soatga 37S ga termostatga qo‘yiladi. Malum vaqtdan keyin natija o‘qiladi.

  • Sanchib ekish usuli: Probirkada ustunchasimon agar -tayyorlangan agar probirkaga 4-5 sm hajmda solinib, og‘ziga steril tiqin bilan berkitiladi, shtativga qiya holatda qo‘yiladi va xona havosida sovutiladi. Tekshirilayotgan biologik ashyodan qovuzloq yordamida olinib, spirtovka ustida probirkadagi oziq muxitga oldin shtrixsimon (ilon izi) kilib, so‘ngra oziq muhitga sanchib ekiladi va 18-20 soatga 370 S ga termostatga qo‘yiladi. Malum vaqtdan keyin natija o‘qiladi.

    Aerob bakteriyalarning toza kulturasini ajratib olish usullari.


    Tekshirilayotgan material va turli mikroorganizmlar aralashmasidan bakteriyalarning ayrim turlarini ajratib olish, odatda, har qanday bakteriologik tekshirishlarning birdan-bir, asosiy boshlang‘ich bosqichi hisoblanadi.
    Bu tekshirishlar esa, turli maqsadlarda: kasallikga diagnoz qo‘yishda, atrof- muhitdagi mikroblarning qay darajada tarqalganligini aniqlash uchun olib boriladi. Sof kulturalarni ajratib olish bilan yuqoridagi maqsadlarga erishish mumkin. Odatda tekshirilayotgan patologik materialda izlanilayotgan bakteriyalardan tashqari boshqa ko‘plab saprofit bakteriyalar bo‘lishi mumkin. Ularning ichidan shubhalanilayotgan yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchi sof kulturasini ajratib olish orqali yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchilarini identifikatsiya qilish mumkin. Sof kultura ajratib olishda quyidagi usullar qo‘llaniladi:

    1. Bakteriya hujayralarini mexanik ravishda bir-biridan ajratish usullari;

    2. Mikroorganizmlarni biologik xususiyatlariga asoslangan ajratish usular.

    1. Bosqich. Biologik ashyodan:

    1. bakteriologik surtma tayyorlab, Gramm usulida bo‘yaladi, xona haroratida quritilib mikroskopda ko‘riladi.

    2. biologik ashyo probirka ichida NaCl ning izotonik eritmasi bilan suyultiriladi.

    v) 1 tomchi suyultirilgan material qovuzloq bilan Petri kosachasidagi agar yuzasiga shtrixsimon ekiladi, belgi qo‘yiladi. 18-24 soat, 37 0S da termostatda qoldiriladi.

    1. Bosqich. Petri kosachalari ko‘riladi, har-xil tartibda o‘sgan koloniyalar o‘rganiladi va hosil bo‘lgan aralash kulturadan sof kultura ajratib olish uchun patogen bitta koloniya qovuzloq yordamida olinib probirkada qiya qotirilgan GPA ga shtrixsimon ekiladi, belgi qo‘yiladi. 18-24 soatga 37S termostatda qoldiriladi.

    2. Bosqich. Hosil bo‘lgan sof kulturani distrlangan suvdi eritib, spirtovka alangasi ustida oziq muhitga bir xil tekislikda quyiladi va pinset yordamida antibiotik disklar soat strelkasi bo‘yicha qo‘yib chiqiladi, Petri kosachasiga belgi qo‘yiladi, 18-24 soatga 370S li termostatga qoldiriladi.

    v)hosil bo‘lgan sof kulturadan bitta koloniya kovuzloq yordamida olinib qiya qotirilgan agarga (3 kandli agar) fermentativ xususiyatini o‘rganish uchun oldin shtrixsimon keyin sanchib ekiladi. Belgi qo‘yiladi, 18-24 soatga 37 0S li termostatga qo‘yiladi.

    Yüklə 5,17 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   209




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə