Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


Patologik materiallarni oziqli muhitlarga ekish texnikasi



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə57/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   209
Микро амалий китоб

Patologik materiallarni oziqli muhitlarga ekish texnikasi.


Bakteriologik qovuzloq ekish uchun eng qulay asbob hisoblanadi. Bundan tashqari, sanchib ekish uchun maxsus bakteriologik igna, Petri kosachasiga ekish uchun - metalldan yoki shishadan tayyorlangan shpatellar qo‘llaniladi. Suyuq materiallarni ekish uchun qovuzloq bilan bir qatorda paster va graduirlangan pipetkalar ishlatiladi. Paster pipetkalari terillangan, oson eriydigan shisha naychalaridan olovda qizdirilib, terillangan, oson eriydigan shisha naychalaridan olovda qizdirilib, kapillyar shakliga kelgunga qadar tortilib tayyorlanadi. Steril holatni saqlash uchun kapillyarning oxiri olovda tezda eritilib berkitiladi. Paster va gradiurlangan pipetkalarning ikkinchi, ya’ni keng tomoni paxta tiqin bilan berkitiladi, so‘ngra ular maxsus idishga (penallarga) joylashtiriladi yoki qog‘oz bilan o‘rab sterillanadi. Bakteriya kulturasini qayta ekishda probirka chap qo‘lga olinadi. O‘ng qo‘l bilan gorelka alangasi ustida paxtali probka olinadi. Qovuzloq bilan ekiladigan material olinib, so‘ngra probirka probka bilan yopiladi. SHundan so‘ng qiyalantirilgan agarli probirkaga qovuzloq bilan ekiladigan material kiritiladi va muhitning pastki qismidagi kondensatgacha tushiriladi. Ilon izi harakati bilan qiyalatib qo‘yilgan agar yuzasida material taqsimlanadi. Qovuzloq olingach, probirkaning og‘zi qizdiriladi va probka bilan berkitiladi. Qovuzloq gorelka alangasida sterillanadi va shtativga qo‘yiladi. Ekilgan probirkalarga ekilgan vaqti, materialning xarakteri (tekshirish nomeri yoki kulturaning nomi) yoziladi. Pipetka bilan ishlash vaqtida avvalo uni qog‘ozdan ajratib olinadi yoki penaldan chiqariladi. Tezlikda gorelka alangasi ustidan o‘tkaziladi va probirkaga kiritiladi. So‘ngra uning ichki tomoni sovutiladi. SHundan so‘ng rezinali nokcha orqali, yuqorida yozilgan qoidaga amal qilgan holda ekiladigan material kerakli miqdorda so‘rib olinib, probirkadagi yoki boshqa laboratoriya idishidagi oziqli muhit ustiga tomiziladi. Mikrob kulturasini rezinali nay yoki rezinali nokcha orqali so‘rib olish xavfsizdir.



  1. Yüklə 5,17 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə