Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


Bakteriyalar tomonidan ma’lum moddalarni o‘zlashtira (assimilatsiya) olishini aniqlovchi muhitlar



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə54/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   209
Микро амалий китоб

Bakteriyalar tomonidan ma’lum moddalarni o‘zlashtira (assimilatsiya) olishini aniqlovchi muhitlar. Amaliyotda eng ko‘p sitratli agar (Simmons muhiti) qo‘llaniladi. Masalan Salmonella avlodi vakillari Simmons muhitida yaxshi o‘sadi muhit ko‘karadi, ichak tayoqchasi esa sitratli agarda moddalarni assimilatsiya qila olmaydi, muhitni rangini o‘zgartirmaydi.

Oziqli muhitlarni tayyorlash.


Asosiy muhitlar. Triptik gidrolizat pastasi ma’lum hajmdagi distirlangan suvda eritiladi, rN o‘rnatiladi, tegishli idishlarga quyilib, og‘zi paxta-dokali probkalar bilan berkitiladi va avtoklavda sterillanadi. Oziqli agar kukuni ma’lum hajmdagi suvga solinadi va 10-15 daqiqa davomida qaynatiladi, so‘ngra oziqli Petri kosachalariga yoki probirkalarga quyiladi. Qiyalantirilgan oziqli agar tayyorlash uchun, ichiga agar quyilgan probirkalar stol ustida qiyshaytirilgan holda qotiriladi.
Qonli, zardobli va assitli muhitlar. Eritilgan va 45-50°S gacha sovutilgan oziqli agarga steril sharoitda 5-10% fibrinsizlantirilgan qon yoki shu miqdorda qon zardobi, yoki 25% li assit suyuqlik ko‘shiladi, yaxshilab aralashtiriladi va tezda Petri kosachasiga, probirka yoki boshqa laboratoriya idishiga quyiladi. Suyuq muhit tayyorlash uchun oziqli bulonga yuqorida ko‘rsatilgan mikdorda zardob yoki assit suyuqlik qo‘shiladi.
Uglevodli muhitlar. Oziqli agar yoki bulonga 0,5-1% di glyukoza yoki boshqa uglevod qo‘shiladi. Oquvchan bug‘ yoki 0,5 atm bosimida bug‘ bilan sterillanadi.
Elektiv oziqli muhitlar. 1% peptonli suv, rN 8,0. Vabo vibrioni uchun elektiv muhit bo‘lib, boshqa mikroblarga nisbatan juda tez ko‘payadi. Muhitning ishqoriy reaksiyasi, vabo vibrionining o‘sishiga to‘sqinlik qilmaydi, lekin boshqa mikroorganizmlarning o‘sishini sekinlashtiradi.
Ishqoriy agar (IA). Qattiq muhit: oziqli agar, rN 7,8. Oldingi muhitga o‘xshash, vabo vibrioniga elektiv hisoblanadi.
Myuller muhiti. Tif-paratif bakteriyalar uchun elektiv hisoblanadi, chunki ular ichak tayoqchasiga nisbatan tetrationat natriyga (bu birikma oziqli bulonga Lyugol eritmasi va natriy giposulfit qo‘shilganda hosil bo‘ladi) deyarli chidamli.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə