Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə51/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   209
Микро амалий китоб

YU m sh o q q a t t i q l i g i g a (konsistensiyasiga) ko‘ra oziqli muhitlar qattiq, suyuq va yarim suyuq bo‘ladi. Qattiq muhitlar suyuq muhitga 1,5-2% arap, yarim suyuq muhitga 0,3-0,7% agar qo‘shish natijasida tayyorlanadi. Agar-agar - maxsus dengiz o‘simligini qayta ishlash natijasida hosil bo‘lgan mahsulot bo‘lib u qotirilsa, muhitni qattiq holatga keltiradi. Agar 80-86°S da eriydi, 40°S da qotadi. Ayrim hollarda qattiq oziqli muhitlarni olish uchun (10—15%) jelatin ishlatiladi. Tabiiy muhitlar, ivitilgan qon zardobi, tuxum oqsili o‘z-o‘zidan qattiq holatda bo‘ladi.
Bakteriologiya amaliyotida ko‘pincha quruq oziqli muhitlardan foydalaniladi. Ular sanoat ko‘lamida oziq-ovqat uchun ishlatilmaydigan mahsulotlarning arzon gidrolizatlaridan (baliq chiqindilari, go‘sht-suyak uni, -texnik kazein) va oziqli agardan tayyorlanadi. Quruq muhitlarni uzoq vaqt saqlash mumkin, ularni transportda yuborish ham qulay, negaki tarkibi standart, o‘zgarmagan holda saqlanadi.
Oziqli muhitlar qo‘llanilishi va nima maqsadda ishlatilishiga ko‘ra saqlab turuvchi, ko‘paytiruvchi asosiy, elektiv, maxsus va differensial-diagnostik turlarga bo‘linadi.
Saqlab turuvchi muhitlar. Patogen bakteryalarni saqlanishini taminlaydi va saprofitlarni ko‘payishini to‘xtatishi mumkin. Amaliyotda glitserin aralashmasi (Tiga muhiti), gipertonik eritma, glitserinli konservant va dezoksixolat natriy va bosh. qo‘laniladi. Bu muhitlar asosan bakteriyalarni ma’lum mutdatda saqlash va laboratoriyaga etkazib borishda ishlatiladi.
Ko‘paytiruvchi muhitlar. Ma’lum guruh bakteriyalarni ko‘paytirib olishda qo‘llaniladi va birlamchi ekishda ishlatiladi. Masalan bularga (Myuller, Kitta – Tarotssi, tioglikolli muhitlar va selenitli bulon) kiradi.
Asosiy muhitlar. Bu muhitlar ko‘pgina bakteriyalarni o‘stirish uchun qo‘llaniladi. Bular baliq mahsulotlarining triptik gidrolizatlari, gusht bulonlari yoki kazeinlar bo‘lib, ulardan suyuq muhit - oziqli bulon va qattiq oziqli agar tayyorlanadi. Bunday muhitlar boshqa murakkab muhitlarni tayyorlash uchun asos bo‘ladi. Ko‘rsatilgan muhitlar qandli, qonli, zardobli va boshqa patogen bakteriyalarni oziqli muhitga talabini qondira oladigan aralash muhitlar tayyorlashda ishlatiladi. Ayrim hollarda muhitning asosi sifatida ma’lum mineral tuzlardan tayyorlangan sun’iy muhitlar ishlatilib, ularga aminokislotalar, vitaminlar, glyukoza, pepton, jo‘xori yoki achitqi ekstrakti va boshda oziqli moddalar qo‘shiladi.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə