Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


Aerotolerant bakteriyalarga bo‘linadi



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə50/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   209
Микро амалий китоб

Aerotolerant bakteriyalarga bo‘linadi. Aerotolerant bakteriyalar qiska vaqt ichida atmosfera kislorodida yashaydi, lekin o‘smaydi. Kislorodli sharoitda moddalarning oksidlanishida ya’ni aerob nafas olishida ohirgi mahsulot N2O2 va superoksid-anion kabi toksik mahsulot xosil bo‘ladi. Bu holat aerob bakteriyalarda vujudga keladi. Aerob va aerotolerant nafas oluvchi bakteriyalarda superoksid dismutaza fermenti bo‘lib, bu ferment superoksid-anionni N2O ga aylantiradi. Aerob bakteriyalarda katalaza fermenti bo‘lib N2O2 ni N2O va O2 ga parchalab yuboradi. Bu ferment aerotolerant bakteriyalarda yo‘q. Anaerob bakteriyalarida esa ikkala ferment: superoksid dismutaza va katalaza fermentlari yo‘k. Aerob tipida nafas olishda asosan moddalar molekulyar O2 bilan oksidlanib energiya hosil bo‘ladi, anaerob tipida nafas olishda esa faqat bijg‘itish tufayligina fermentlar yordamida energiya hosil bo‘ladi va bu jarayon O2 siz o‘tadi.

Oziq muhitlar. Mikrobiologik amaliyotda bakteriya yoki boshqa mikroorganizmlarni laboratoriya va ishlab chiqarish sharoitida ko‘paytirish uchun qo‘llaniladigan, turli tarkibli murakkab yoki oddiy birikmalardan tashkil topgan ozuqa moddalarga oziqli muhit deb ataladi.

Oziqli muhitlarga qo‘yiladigan talablar:


  1. Tarkibi (asosiy xususiyalaridan biri) - ma’lum mikroorganizmlar-ning ko‘payishi uchun barcha kerakli moddalar tutishi (azot va uglerodni universal manbasi oqsil gidrolizati, peptid va peptonlar, vitamin va mikroelementlarning manbasi o‘simlik, xayvon oqsillari) kerak;

  2. Oziq moddalarni bakteriyalar oson o‘zlashtirishlari zarur;

  3. Qulay namlik, yopishqoqlik va har bir bakteriyalarga xos rN ga ega bo‘lishi;

  4. Izotonik holatda tiniq bo‘lishi kerak;

  5. Har bir muhit albatta sterillangan bo‘lishi kerak.

Tarkibi bo‘yicha oqsilli, oqsilsiz va mineral oziqli muhitlar ishlatiladi. Oziqli muhitlar kelib chiqishiga qarab bo‘linadi- t a b i i y va
s u n ‘ i y. Tabiiy muhitlar xayvonlar mahsuloti (qon, zardob, o‘t safro, mol go‘shti, tuxum va bosh.) va o‘simliklardan (meva va sabzavotlar) olinadi. Sun’iy muhitlar esa yuqoridagi moddalardan olingan mahsulotlardan (pepton, aminopeptid, achitqi uglevodlar va jo‘xori ekstraktlari) tayyorlanadi.
Oziqli muhitda o‘stiruvchi omillarning borligi katta ahamiyatga ega. Ular metabolik jarayonlarda katalizator vazifasini bajaradi, asosan V gruppa vitaminlari, nikotin kislota va boshqalar shular qatoriga kiradi.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə