Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə47/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   209
Микро амалий китоб

Saprofitlar (grekcha sapros-chirigan phyton-o‘simlik) - tayyor organik birikmalarni o‘lik organizmdan oladi (chiritish bakteriyalari).
Parazitlar (grekcha parasitos- boshqa organizm xisobiga yashovchi) -odam, xayvon va o‘simlik tirik xujayrasining organik moddalari xisobiga yashaydi va ko‘payadi. Masalan, viruslar, rikketsiyalar.

  1. Auksotroflar. O‘zlarining rivojlanishi uchun o‘sish faktorlari talab qiluvchi bakteriyalardir. Bunday bakteriyalar o‘zlarining o‘sishi uchun kerakli bo‘lgan komponentlarini o‘zlari sintezlay olmaydilar.

  2. Prototroflar - ma’lum bir o‘sish faktoriga muxtoj bo‘lmagan bakteriyalardir. Prototroflar o‘ziga kerakli bo‘lgan organik birikmalarni (uglevodlar, aminokislotalar va boshqalar) glyukoza va ammon tuzlaridan sintezlay oladi.

Azot hazm kilishga karab mikroorganizmlar 2 guruhga bo‘linadi:
1. Aminoavtotroflar, 2. Aminogeterotroflar
Aminoavtotroflar - hujayra oqsilining sintezi uchun havodagi molekulyar azotdan foydalaniladi yoki ammoniy tuzlaridan oladi.
Aminogeterotroflar - azotni organik birikmalardan: aminokislotalardan, murakkab oqsillardan oladi.

Energiya manbalariga qarab mikroorganizmlar:


  1. Fototroflar-biosintez reaksiyalari uchun quyosh nuridan energiya oladi.

  2. Xemotroflar-neorganik moddalarning oksidlanishidan va organik moddalardan energiya oladi. Hozirgi vaktda mikroorganizmlarning oziqlanish tiplarining xarakteristikasiga karab, yangi terminologiya kiritilgan:

  1. Geterotroflar-organotroflar deb ataladi.

  2. Avtotroflar-litotroflar deb ataladi. Litos - grekcha - tosh - bular mineral oziq muhitlarda o‘sadi. Mikroorganizmlarning boshqa organogenlari - N va O2 manbai suv hisoblanadi. Bakteriya xujayrasiga oziq moddalar faqat erigan holda kiradi.

Oziq moddalarning transporti (tashilishi).


Oziq moddalar mikrob xujayrasining sitoplazmasiga faqat kichkina molekula holida va erigan holda kirishi mumkin. Murakkab organik moddalar (oqsillar, polisaxaridlar) mikrob xujayrasidan chiqqan fermentlar ta’sirida ishlatishga
moslashadi. Oziq moddalarning kirishi va chiqib ketish protsesslari bakteriya xujayrasining sitoplazmatik membranasi orqali boradi. Ular xujayra ichiga bir necha yo‘llar bilan kiradi:


  1. Yüklə 5,17 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə