Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


rasm. Mo’tadil lambda fagning ko’payish



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə43/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   209
Микро амалий китоб

rasm. Mo’tadil lambda fagning ko’payish tiplari

(transduksiya hodisasi) o‘tkazishi mumkin. Bakteriyalar oldin o‘zlarida kuzatilmagan belgi va xususiyatlarni namoyon qilishi mumkin. Profag ta’sirida bakteriyalarni xususiyatlarini o‘zgarishi “ fagli konversiya” deb nomlangan (lot. sonver-sio- o‘zgartirmoq).
Bakteriofaglar amaliyotda quyidagi maqsadlarda qo‘llaniladi; fagoterapiyada, fagoprofilaktikada, fagoidentifikatsiyada va fagotiplashda.Bundan tashqari ichak tayoqchasini kolifagi tashqi muhit ob’ektlarini ifloslanishini aniqlashda sanitar ko‘rsatkich (indikator) mikroorganizm sifatida qo‘llaniladi:

  1. fagoterapiya — ayrim yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaradigan (shigella, protey, stafilokokk, ko‘k yiring tayoqchasi) bakteriyalarga qarshi davolashda ishlatiladi.

  2. fagoprofilaktikada - epidemik o‘chokda bo‘lgan kishilar orasida ayrim kasalliklarning oldini olishda (masalan, dizenteriya, vabo);

  3. fagoidentifikatsiyada - fag yordamida bakteriya kulturasini qaysi turga mansubligini aniqlash;

  4. fagodiagnostika kasal organizmidan (masalan, najasdan) fagni ajratib olishdan iborat bo‘lib, organizmda shu fagning mikrobi borligini ko‘rsatadi, ya’ni fag bilan diagnoz qo‘yish;

  5. fagotiplash - bakteriyalarni fagotipini aniqlashda, ya’ni fagotipning, bir turdagi bakteriya shtammini shu tipga xos faglar bilan lizis qilish orqali aniqlanadi; bu esa tekshirilayotgan kulturalarni belgilaganda, kasallikni epidemiologik tekshirishda ayniqsa muhimdir.

Amaliyotda bulonda o‘stirilgan bakteriyalar hujayralaridagi virulent faglar reproduksiyasi bu hujayralarning lizisga uchrashi va muhitning tiniq, yaltiroq tusga aylanishi bilan tugaydi. Petri kosachasidagi agarli muhitda sezuvchan bakteriyani gazon usuli bilan o‘stirilganda faglar lizis o‘choqli yoki yaxlit zonalarini hosil qiladi. Bu esa, fagning kopsentratsiyasiga bog‘liqdir. Lizisning o‘choqli zonalari fagning negativ koloniyalari yoki steril dog‘lar — pilakchalar deb nomlanadi. Ular ma’lum faglarga xos morfologiyaga ega bo‘lib, birgina fag zarrachasidan hosil bo‘ladi va boshqa hujayralarga kirishi va keyinchalik ko‘payishi natijasida hosil bo‘ladi.
Fagning «sof liniyasini» (boshqa faglar aralashmasidan holi) olish uchun morfologik jihatdan bir xil bo‘lgan negativ koloniyalarning qator passajlari bir xil bakterial shtamm gazonining aynan o‘zida olib boriladi.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə