Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


Viruslarning SPT ni o‘rganish



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə40/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   209
Микро амалий китоб

Viruslarning SPT ni o‘rganish. Probirkadagi hujayra kulturasini tekshirish uchun mikroskopning buyum stolchasiga probirka shunday qo‘yiladiki, undagi bir qavatli hujayra qatlami yuqoriga qaragan holda bo‘lishi kerak. Bir qavatli hujayra yopishgan joyi probirkaning qarama-qarshi tomonidan qalam bilan belgilab qo‘yiladi.
Hujayradagi morfologik o‘zgarishlar kulturali probirkani mikroskop ostida kulturali probirkani mikroskop ostida 8-ob’ektiv bilan kondensor tushirilgan va diafragmasi biroz bekitilgan holda tekshiriladi. Virus bilan yuqtirilgan bir qavatli hujayra qatlamini, virus bilan yuqtirilmagan kontrol probirkadagi kulturalar bilan solishtirib ko‘rilganda virus yuqtirilgan hujayra katlamida to‘liq yoki orolcha shaklidagi hujayraning (destruksiyasi) parchalanganligi yoki boshqa o‘zgarishlar qayd etiladi, bu esa virusning hujayraga patogenlik ta’sirini ko‘rsatadi.


  1. rasm. Virus saqlovchi materalin rivojlanayotgan tovuq embrioniga yuqtirish

Rivojlanayotgan tovuq embrioniga yuqtirish. Tekshriladigan material tovuq embrionining allantois va amniotik bo‘shlig‘iga, xorionallantois qobig‘iga yoki sariqlik xaltachasiga (28-rasm) yuboriladi.
Materialni yuqtirishdan oldin tuxumning havoli kamera ustidagi po‘stlog‘i 70º li spirt bilan tozalanadi, alangada qizdiriladi, 2% li yod eritmasi surtiladi, ikkinchi marta spirt bilan artiladi va qizdiriladi.
Allantois bo‘shlig‘iga yuqtirish uchun havoli kamera (ovoskopda tuxumga yorug‘lik tushirilganda uning chegarasi oldindan kalam bilan chizib qo‘yiladi) ustidagi tuxum po‘chog‘i qaychi, skalpel yoki maxsus asbob yordamida extiyotlik bilan teshiladi. SHprits bilan 0,1-0,2 ml virusli material (antibiotik qo‘shilib ishlov berilgan) havo kamerasi chegarasidan 2 - 3 mm chuqurlikka yuboriladi. Tuxum po‘chog‘idagi teshikka eritilgan parafin quyiladi.
Zararlangan embrion virus juda ko‘paygan vaqtda, ya’ni 48-72 soat 37 ºC da termostatda saqlangandan so‘ng ochiladi. Tuxum spirt bilan artiladi va unga 2% li yod eritmasi surtiladi. So‘ngra qaychi bilan havo kamera atrofi bo‘ylab chizilgan belgidan biroz yuqoriroqdan tuxum po‘chog‘i kesiladi. Bunda tuxum po‘chog‘i bo‘shliqqa tushmasligi uchun, qiyshaytirilgan holda ushlanadi (30-rasm). Po‘choq olinib, asta-sekin uning pardasi ham olinadi va xorion-allantois pardasining virus yuqtirilgan joyida gemorragik, oqimtir shikastlanish o‘choqlarining bor-yo‘qligi qayd qilinadi. So‘ngra paster pipetkasi bilan xorion-allantois pardasining qon tomiri kam
bo‘lgan joyidan teshiladi va allantois suyuqligi so‘rib olinadi. Keyin xorion-allantois pardasi ajratib olinib, ikki marta natriy xloridning izotonik eritmasi bilan yuviladi, Petri kosachasiga o‘rnatiladi va qora fonda, maxsus (spetsifik) zararlanish borligi aniqlanadi.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə