Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


Viruslarni ko‘paytirishda laboratoriya hayvonlaridan foydalanish



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə39/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   209
Микро амалий китоб

Viruslarni ko‘paytirishda laboratoriya hayvonlaridan foydalanish. Amalda ko‘pincha turli xil zotsiz laboratoriya hayvonlaridan (voyaga etgan, emadigan sichqon bolalari, quyon, maymun, dengiz cho‘chqachalari va b.) foydalaniladi. Hayvonlarning ma’lum turdagi viruslarga beriluvchanligi va ularning yoshi viruslarning ko‘payish qobiliyati tajribada xisobga olinadi. Ko‘pincha yangi tug‘ilgan hayvonlargina u yoki bu virusga (masalan, emadigan sichqon bolalari - Koksaki virusiga, sichqon, quyon - qutirish virusiga, oqsim (yashur) virusi- dengiz cho‘chqachasi va gripp virusi–sichqon va og‘maxon) sezgir bo‘ladi.
Bu usulning afzalliklari va kamchiliklari mavjud. Afzalligi shuki, bunda kultura yoki tovuq embrionida yaxshi reproduksiya qilinmaydigan viruslarni ajratib olish mumkin bo‘ladi. Bu usulning kamchiligi esa, tajriba qilinayotgan hayvon organizmidagi mikroorganizmlarning begona virus va mikoplazmalar bilan aralashib ketishidadir. Bundan tashqari ekonomik etikaviy jihatlari, shuningdek, virusning “sof” liniyasini olish uchun keyinchalik hujayra kulturasiga hayvondan olingan material yuqtiriladi, bu esa tekshirish muddatini cho‘zib yuboradi.
Virus saqlovchi materiallarni laboratoriya hayvonlarga yuqtirishni turli (teri ostiga, teri ichiga. muskul ichiga, qorin pardasiga, subdural va bosh.) usullari qo‘llaniladi.
Viruslarning laboratoriya hayvonlar organizimida reproduksiya bo‘lganligini kasallikni ko‘zga tashlanadigan klinik rivojlanishi, organ va
to‘qimalarning patomorfologik o‘zgarishi, organlardan olingan suspenziyalarda virus borligini gemagglyutinatsiya (GAR), neytralizatsiya (NR) reaksiyalari orqali (agar virus o‘z tarkibida gemagglyutinin fermenti tutsa) aniqlash mumkin.

Viruslarni Morozov usulida bo‘yash.


Viruslarni Morozov usuli bilan bo‘yash uchun uchta reaktiv tayyorlanadi:

  1. 1 ml muzli sirka kislotasiga 40% li 2 ml formalin eritmasi qo‘shiladi va distirlangan suv bilan uning hajmi 100 ml ga etkaziladi;

  2. 1 ml karbol kislotasiga 5 g tanin qo‘shiladi va distirlangan suv bilan uning hajmi 100 ml ga etkaziladi;

  3. 5 ml kumush nitrati eritmasiga ammiak eritmasi biroz quyqa hosil bo‘lgunga qadar tomchilab tomiziladi.

Bo‘yash usuli: 1) tayyorlangan surtma 1- eritma bilan 1 daqiqa davomida fiksatsiyalanadi, so‘ng reaktiv to‘kiladi va surtma suv bilan yuviladi;

  1. 2-eritma bilan 1-2 daqiqa davomida bug‘ paydo bo‘lguncha qizdiriladi, so‘ngra suv bilan yuviladi;

  2. 3-eritma bilan surtma to‘q jigar rang hosil bo‘lgunga qadar qizdiriladi, so‘ng suv bilan yuvib, quritiladi va mikroskop ostida ko‘riladi. Bunda virus elementar tanachalari qora rangga bo‘yaladi.


Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə