Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


Gemagglyutinatsiya reaksiyasini qo‘yish (GAR)



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə41/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   209
Микро амалий китоб

Gemagglyutinatsiya reaksiyasini qo‘yish (GAR). Tovuq embrioni ochilgandan so‘ng allantois suyuqligi so‘rib olinadi va probirkalarga yoki pleksiglasdan tayyorlangan plastinkalar chuqurchasiga 0,5 ml hajmda (kontrol uchun 0,5 ml yuqtirilmagan embrionning shunday suyuqligidan) quyiladi. So‘ngra uning ustiga 0,2 ml 1 % li yuvilgan tovuq eritrotsitidan qo‘shiladi va uy temperaturasida saqlanadi. Reaksiya natijasi 40 min. dan so‘ng, ya’ni eritrotsitlar cho‘kma hosil qilgandan keyin tekshiriladi. Reaksiya musbat bo‘lsa probirkaning ostida bir–biri bilan yopishgan eritrotsitlardan tashkil topgan yupqa parda zontik xosil bo‘ladi. Reaksiya natijalari 4 tagacha musbat belgi bilan aniqlanadi. YAxshi gemagglyutnatsiya + + + + — bu holatda probirkaning ostida parda zontik yaqol ko‘rinishida bo‘ladi; + + + pardaning oralarida ochiq joylar koladi; + + eritrotsitlarning birlashishida viruslar kamayganligi sababli parda chetlari tekislashadi; + kam agglyutinatsiyalangan eritrotsitlar birikmalari bilan o‘ralgan eritrotsitlarniig cho‘kmasi; - eritrotsitlar cho‘kmasining atrof chegarasi yaqqol ko‘rinib turadi, ammo kontroldan (eritrotsitlar tugmacha formasini oladi) farq qilmaydi. Agar tajribadagi probirkalarda gemagglyutinatsiya bo‘lib, kontrol probirkalarda bo‘lmasa, bu - tekshirilayotgan suyuqlikda virus borligini ko‘rsatadi.
Viruslarni indikatsiya qilishda tekshirilayotgan suyuqliklarda viruslarning titrini (miqdoriy ko‘rsatkichini) aniqlash muhim amaliy ahamiyatga ega. Virus saqlovchi materialni maksimal suyultirilganda virus
o‘zining (SPT. GAR, xayvonlarni nobud qilish va bosh.) infeksion aktivligini namoyon qila oladigan miqdoriga virus titri deb ataladi. Titr 1 birlik qilib olingan, ya’niy shu titrda viruslar 50% yuqtirilgan kulturalarda SPT keltirib chiqaradi. GAR virus tirtri deb ++ ( I AE – bitta agglyutinatsiya beruvchi birlik) dan kam bo‘lmagan eritrotsitlarni agglyutinatsiyasini beruvchi eng ko‘p suyultirilgan eritmasiga aytiladi.
Viruslarni titrlarini aniqlash, viruslarning ishchi, yuqish dozalari ishlab chiqishda va keyinchalik viruslarni identifikatsiyasiya qilishda muhim amaliy ahamiyatga ega.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə