Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


Birlamchi hujayra kulturalari



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə35/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   209
Микро амалий китоб

Birlamchi hujayra kulturalari – to‘qimalardan ajratib olingandan kiyin ko‘payish generatsiyasi 5-10 marotiba qayta undirib olishga yaraydi. Bunday hujayra kulturalari laboratoriya sharoitida embrional, normal to‘qimalarini bo‘lakchalaridan maxsus proteolitik fermentlar (tripsin) ta’sir etirilib hujayra kulturalari olinadi. Birlamchi tripsinlangan hujayra kulturalarni kamchiligi asosan ularni bir necha generatsiyadan kiyin ko‘payishini to‘xtab qolishi hisoblanadi.
Undiriladigan yoki stabil hujayra kulturalari – bunday hujayra kulturalari laboratoriya sharoitida bir necha 10 yillar ko‘payish xususiyatini yo‘qotmaydi va
ko‘plab qayta undirishlarga chidaydi. Bu hujayra kulturalari yuqori ko‘payish potensialiga ega bo‘lgan o‘sma yoki embrional to‘qimalardan olinadi Bularga xavfli o‘sma hujayralari Hela (birinchi marta bachadon bo‘ynidagi karsinomadan), Ner-3 (limfoid karsinomasidan), hamda odam amnionining normal hujayralari, maymun buyragi va boshqalardan tayyorlapgan hujayralar kiradi va ular birlamchi hujayra kulturalariga nisbatan qator afzalliklarga ega. Bularga: uzoq yillar undirilishi va yuqori ko‘payish potensialiga ega bo‘lishi, kam mehnat talabi, uzoq yillar muzlatib qo‘yilganda ham o‘zining xususiyatini yo‘qotmasligi, xalqaro hujayra kultura liniyasi bo‘ylab ko‘plab dunyodagi laboratoriyalarda qo‘llanilishi. Lekin, bu hujayralarning ko‘plab generatsiyalari natijasida havfli ko‘payish xarakteri va somatik mutatsiyalarga uchrash ehtimolligi bu hujayralarni virus vaksinalari olish jarayonlarida qo‘llashni chegaralab qo‘yishga olib kelgan.
YArim undiriladigan (diploid) hujayra kulturalari – ko‘paytirilib undirilishi chegaralangan 40 va 50 generatsiyaga chidaydi. Bu hujayralar asosan odam embrioni diploid hujayralaridan olinadi. Undirilish jarayonida bu hujayralar o‘zlarini birlamchi avlodlari singari tarkibida diploid xromosoma to‘plamini saqlashadi va havfli hujayra formasiga transformatsiyalanmaydi. SHuning uchun bu hujayra kulturalaridan virusologik amaliyotda diagnostik va vaksinalar olish maqsadlarida keng qo‘llaniladi. Viruslarni indikatsiya qilish usullari. Virusologik amaliyotga hujayra kulturalarining kirib kelishi, oldin noma’lum bo‘lgan ko‘plab kasallik qo‘zg‘atuvchi viruslarni ajratib olish va ularni identifikatsiya qilish imkoniyatlarini ochib berdi.
Hozirgi kunda har bir viruslar uchun sezgir hujayra kulturalarini tanlash imkoniyatlari mavjud.
Hujayra kulturalariga virus saqluvchi materialni yuqtirilganda, virusning ko‘payishi (reproduksiyasi) natijasida hujayralarda turli o‘zgarishlar (destruksiya) kiritmalar hosil bo‘lishi kuzatiladi. Viruslarning bunday xususiyati SPT (sito patologik ta’siri) ya’ni hujayrani morfologiyasini o‘zgarishi, hatto uning o‘limiga sabab bo‘luvchi faktor deb qaraladi. Ularni quyidagi fenomenlar asosida aniqlash (indikatsiya) mumkin:

  1. Virusni hujayraga sitopatologik ta’siri

  2. Virusni hujayrada kiritmalar hosil qilishi

  3. Pilakchalar hujayra kulturasida hosil qilishi

  4. Gemadsorbsiya reaksiyasi

  5. Gemagglyutinatsiya reaksiyasi

  6. Rangli reaksiya

  7. Interferensiya fenomeni




  1. rasm. Virusning xujayra sitopatik ta’siri: a) maymun buyragidan olingan normal xujayra kulturasi; b) poliomelit virusi yuqtirilgandan keyin morfologik o’zgargan shu hujayralarni mikroskop ostida ko’rinishi



Virusni hujayraga sitopatologik ta’siri. Viruslarning hujayra kulturasida ko‘payayotganligi (reproduksiyasi), ularning hujayraga SPT asosida mikroskop ostida ko‘rish bilan aniqlanadi va morfologik o‘zgarishlarning sodir bo‘lganligiga qarab baholanadi. Bunda ularning bir qismi halok bo‘lib, probirka devoridan ko‘chadi. Ayrim hujayralarning emirilishi oqibatida ajralib chiqqan viruslar boshqa hujayralarga yuqadi. Ma’lum vaqtdan so‘ng bu hujayralar ham o‘ladi. Natijada bir qavatli yaxlit hujayra qatlami o‘rnida alohida-alohida xujayrasiz zonada hujayra orolchalari hosil bo‘ladi. Turli viruslar hosil qilgan (SPT) ning xarakteri bir xil emas. Bir hil viruslar (poliviruslar, Koksaki va bosh.) mayda donador bir xil tipdagi hujayra destruksiyasini keltirib chiqaradi (rasm 24), o‘choqli mayda donodor destruksiyani (gripp, kana ensefaliti) viruslari, katta donador bir xil ko‘rinishdagi destruksiyani (gerpes) viruslar, simplast ko‘p yadroli hujayralarni (retroviruslar, morbiloviruslar, respirator-sinsitial) viruslar keltirib chiqaradi. Viruslarning SPT amaliyotda
62
viruslarning birlamchi indikatsiya qilishda va oldindan taxminiy tashxis qo‘yishda qo‘llaniladi.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə