Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


Virusologiyada qo‘llaniladigan tekshiruv usullari



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə32/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   209
Микро амалий китоб

Virusologiyada qo‘llaniladigan tekshiruv usullari.


D.I. Ivanovskiy chinni sham filtrlarni qo‘llab viruslar olamini kashf qildi. Elektron mikroskopni kashf qilinishi, viruslarni ko‘rish, ularning ultra strukturalarini o‘rganishni ochib berdi. Gradient zichliklarda o‘ta tez ultra sentrifugalarni qo‘llash
orqali viruslarning tozalangan preparatlarini olish imkoniyatini va ularning kimyoviy tarkibini o‘rganishga olib keldi. Virusologiya fanini rivojlanishidagi asosiy omillardan biri, viruslarning o‘stirib olish usullarini ishlab chiqilganligi hisoblanadi. Viruslar obligat parazitlar bo‘lib, faqat tirik hujayralardagina ko‘paya olishi mumkin.
Viruslar keltirib chiqaruvchi yuqumli kasalliklar diagnostikasida zamonoviy usullar bilan bir qatorda sinalgan turli xil viruslogik tekshirish usullari qo‘llaniladi:

    • elektron mikroskopiya usuli;

    • sitoskopik, immunoflyuorissent usullar;

    • hujayra kulturalarida viruslarni o‘stirish va ajratib olish;

    • rivojlanayotgan tovuq embirionida viruslarni o‘stirish va ajratib olish;

    • gemagglyutinatsiya reaksiyasi yordamida viruslarni aniqlash;

    • serologik reaksiyalar, an’anaviy serologik reaksiyalar (KBR, PR, NR) bilan bir qatorda zamonaviy (IFA, RIU, immunbloting) usullar;

    • molekulyar-genetik tekshirish usullari- molekulyar gibridizatsiya (MG) va polimeraza zanjirli reaksiya (PZR).

Asosan viruslarni laboratoriya sharoitida ajratib olishda quyidagi usullardan foydalaniladi: sezgir laboratoriya hayvonlarga yuqtirish, rivojlanuvchi tovuq embrionida va hujayra kulturasida o‘stirish.
Viruslarni undirib olishda hujayra kulturalari muhim ahamiyatga egadir.
Hujayra kulturasi - sun’iy sharoitda o‘sish va ko‘payish qobiliyatiga ega bo‘lgan, odam va hayvonlarning to‘qima hujayralaridir.
Hujayra kulturalarini olish, qo‘llashda 4 ta muhim bo‘lgan muommalarni hal qilishga to‘g‘ri keladi, bularga kiradi:

  1. Bir-biridan chegaralanib yotgan, miqdoriy jihatdan etarli hujayralarni olish.

  2. Bu hujayralarni saqlash va ko‘payishini ta’minlovchi oziq muhitlarni qo‘llash.

  3. Hujayra kulturalarida bakteriyalarning ko‘payib ketmasligi uchun chora tadbirlar qo‘llash.

  4. Viruslarni hujayra kulturalarida ko‘payotganligini (indikatsiya) aniqlash va ularni bir-birdan (identifikatsiya) saralash.


Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə