Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


Viruslar morfologiyasi va ulturastruktura tuzilishi



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə29/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   209
Микро амалий китоб

Viruslar morfologiyasi va ulturastruktura tuzilishi.


Mikroblar olamiga hujayra tuzilishiga ega bo‘lgan prokariot va eukariotlardan tashqari hujayra tuzilish formasiga ega bo‘lmagan patogen agentlar ham kiritilgan. Bularga kiradi:

  1. Prionlar

  2. Virioidlar

  3. Viruslar

Prionlar (ing.so‘z proeinaceous infectious partict – oqsilsimon yuqumli bo‘lakcha). Hujayrada normal prion oqsil strukturasi bo‘lib (PrPc –celluar prion protein) tarkibida nuklein kislota tutmaydi. Normal prion oqsili nukleazalarga rezistent bo‘ladi, lekin proteaza fermentlar ta’sirida inaktivatsiyaga uchraydi. Ularni issiq qonli organizimlardagi (odamda) 20chi xromosoma tarkibidagi prion genomi tomonidan kodlashtirilib, boshqarilib turadi. Uzoq davom etuvchi mutatsiya ta’sirida PrR c gen va Pr RSc ishtirokida transformatsiyalanib (PrR c ) normal prion oqsilidan proteaza fermentlarga chidamli PrR Sc (screpie prion protein) patogen agentga aylanadi. Prion oqsillari boshlang‘ich yuqumli agent sifatida (skrepi) tovuqlardan (Kroytsfeldt-YAkob kasalligi), katta shoxli qoramollardan (spongik ko‘rinishdagi ensefalopatiya - sigir qutirishi kasalligi) ajratib olingan.
Viruslar esa hozirgi kundagi klassifikatsiyasiga asosan vira (Vira) podisholigiga kiritilgan. Viruslar o‘ta mayda organizimlar bo‘lib, ularda hujayra tuzilishi va oqsil sintez qiluvchi sistemasi shakillanmagan. Tarkibida bitta tipdagi nuklein kislotasi tutadi (RNK yoki DNK). Qa’tiy obligat hujayra ichida ko‘payuvchi parazitlar
hisoblanib, parazitligini genetik darajada amalga oshiradi. SHuning uchun viruslarni genetik parazitlar ham deb atashadi.
Viruslar avtonom genetik strukturalar bo‘lib, faqat viruslarga xos bo‘lgan bir- biridan ajralgan (disyunktiv) usul bilan ko‘payadi, ya’ni virusni nuklein kislotasi hujayrada alohida sintez bo‘lsa, uning oqsillari boshqa joyda sintez bo‘ladi, keyin ular har bir virus tiplariga xos bo‘lgan joyda (yadroda, yadro membranasida, sitoplazma strukturalarida yoki sitoplazmatik membranada) yig‘iladi. Ularning yig‘ilishida nuklein kislota oqsilni tanishi, oqsil-oqsilni tanishi prinsiplari yotadi. Viruslarning hujayradan tashqarisidagi formasini v i r i o n deb, hujayra ichidagi formasini esa v i r u s deb yuritiladi.
Viruslarning morfologik va ultra strukturasini elektron mikroskop yordamida o‘rganiladi. Virionlar o‘lchami jihatdan mayda (22-30 nm poliomielit), o‘rta (80-120 nm gripp), katta o‘lchamda (200-350 nm chin chechak)



  1. rasm

bo‘lishi mumkin. Virionlarning shakli ham (rasm 21) turli ko‘rinishlarda uchraydi. SHakli tayoqchasimon (tamaki bargi virusi), o‘qsimon (qutirish virusi), sharsimon (gripp, paragripp, gepatit V viruslari), ipsimon (flaviviruslar), kubsimon (chin chechak, ospa vaksina) spermatozoidsimon (bakteriofaglar) bo‘lishi mumkin.
Viruslar genomi gaploid ko‘rinishda bo‘lib bir tipdagi nuklein kislotadan DNK yoki RNK iborat, lekin retroviruslarda diploidli genom uchraydi. Virus genomi oltitadan birnecha yuz genlar tutishi mumkin va ularning nuklein kislotalari – ikki ipli, bir ipli, chiziqli, xalqasimon va fragmentlangan bo‘lishi mumkin.
RNK saqlovchi viruslarda faqat musbat ipli (+RNK) genom tutuvchi viruslar uchrab, infeksion virus deb ham ataladi. Bu viruslarda transkripsiya kuzatilmaydi, virusning RNK si bir vaqtni o‘zida informatsion (iRNK) vazifasini ham bajaradi.
Manfiy ipli RNK tutuvchi viruslarda esa RNK genomi faqat nasliy funksiyani bajaradi.
Virionlar tuzilishi jihatdan oddiy (yalang‘oya) va murakkab (kiyingan) viruslarga bo‘linadi. Oddiy viruslarga (shol, gepatit A), murakkab viruslarga (qizamiq, OITV, gepatit V) kiradi.
Oddiy virionlar nuklein kislota va uni zich o‘rab turgan oqsil qobig‘i -kapsiddan iborat (capsa- lotincha bo‘lib g‘ilof demakdir). Virionlarning kapsidlari o‘z navbatida ketma ket keluvchi subbirliklardan iborat bo‘lib ularni kapsomerlar deb ataladi (rasm- 22). Kapsomerlarni elektron mikroskopda ko‘rish mumkin, har bir virionlar oilasi uchun kapsomerlarni soni ularga xos hisoblanadi. Masalan, adenoviruslar 252 ta, pikornoviruslar 60 ta kapsomerlar tutadi. Nuklein kislotasi va kapsomer o‘zaro birikib virusni nukleokapsidni hosil qiladi.
Murakkab virionlarni nukleokapsidi tashqi tomondan lipoproteinli qobiq bilan o‘ralgan bo‘lib – superkapsid yoki peplos deb nomlanadi (rasm-22). Superkapsid tarkibida viruslar o‘ta murakkab tuzilishlarga ega bo‘lib virusning nuklein kislotasi oqsil qobiq bilan o‘ralgan, uning ustidan kapsid o‘rab turadi (virus mag‘izi), kapsid ustida esa virusni yana bir ichkiy matriks oqsil qavati (M-qavat) bo‘lib u super kapsidga birikib ketadi (OITV), chin chechak virusi tuzilishi esa prokariot hujayralariga yaqin turadi.
Virionning kapsid kapsomerlari nuklein kislotani tashqi tomondan o‘rab turganda ma’lum simmetriya tiplarini shakllantiradi. Virionlarda uch hil simmetriya tiplari uchraydi: spiralsimon, kubsimon va aralash.
Oqsillardan tashqari, yog‘ va uglevodlar lipo-, glikoproteinlar ko‘rinishida uchraydi. Ba’zi viruslarda glikoproteinlar superkapsid tarkibida tikanak ko‘rinishida (gripp, paragripp viruslarda) bo‘lishi mumkin superkapsid ostida M, F oqsillar bo‘lib, viruslar bilan zararlangan hujayralarning bir-biri bilan qo‘shilib ketishini taminlaydi, bu esa gigant ko‘p yadroli simplast hujayralari hosil bo‘lishiga olib keladi va hujayralarning destruksiyasi bilan tugaydi. Bundan tashqari ba’zi



  1. Yüklə 5,17 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə