Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


Rikketsiyalarni Zdrodovskiy usuli bilan bo‘yash



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə25/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   209
Микро амалий китоб

Rikketsiyalarni Zdrodovskiy usuli bilan bo‘yash.


  1. Surtma suyultirilgan Sil fuksini bilan (10-15 tomchi 10 ml distillangan suvga tomiziladn) 5 min davomida bo‘yaladi.

  2. Suv bilan yuviladi.

  3. Surtmaga 0,5% li limon kislota yoki 0,01% li vodorod xlorid kislota eritmasi tomiziladi.

  4. Suv bilan yuviladi.

  5. Metilen ko‘ki bilan 1 min davomida bo‘yaladi.

  6. Preparat suv bilan yuviladi va quritiladi. Rikketsiyalar Zdrodovskiy usuli bilan qizil rangga bo‘yaladi, ichida rikketsiyalari bo‘lgan hujayra sitoplazmasi havorang, yadro esa, ko‘k rangga bo‘yaladi.

Xlamidiyalar. Chlamydiae tipiga Chlamydiae sinfiga va bularga 2 ta avlod Chlamydia, Chlamydophila kiradi. Xlamidiyalar gram manfiy sharsimon obligat hujayra ichida yashovchi parazit bakteriyalar bo‘lib, faqat tirik hujayralardagina hayot kechiradi. Xlamidiyalarni energetik parazitlar sifatida qaraladi, chunki ular o‘zlari hujayra uchun zarur energiya bo‘lgan adenozintrifosfat (ATF) va guanozintrifosfat (GTF) sintez qila olmaydi, bu energiyani ho‘jayin hujayrasidan o‘zlashtiradi. Xlamidiyalarni 2 ta biologik shakli tafovut qilinadi; elementar tanacha
(ET), sferik shaklda, metabolitik aktiv emas (0,3 mkm) hujayradan tashqarida uchraydi, infeksion, sezgir hujayralarga kira oladi. ET epitelial hujayralarga endotsitoz yo‘li bilan kiradi va hujayra ichida vakuolada shakllanadi, katalashib aktiv bo‘linuvchan retikulyar tanachaga (RT) aylanadi. RT ko‘payib ET aylanadi va hujayradan chiqadi, yangi sikl takrorlanadi. Xlamidiyalar Romanovskiy-Gimza usuli bilan bo‘yaladi, grammanfiy, fazokontrast mikroskop ostida, tirik holda tayyorlangan preparatlarda juda yaxshi ko‘rinadi.
Mikoplazmalar. Fermicutes tipiga, Mollicutes sinfiga va bularga 2 ta avlod Mycoplasma, Ureaplasma kiradi. Mikoplazmalarni hujayra devori bo‘lmaydi, osmotik sezgir, lekin sitoplazmatik membranasi yaxshi rivojlangan, uch qatlamli lipoproteidlardan tarkib topgan. Ko‘plab morfologik formalari uchraydi: kokksimon, ipsimon, kolbasimon. Mikoplazmalarning o‘lchami 125-250 mkm atrofida, grammanfiy, spora kapsula hosil qilmaydi, harakatsiz. Mikoplazmalar odamlarda atipik pnevmoniya va siydik tanosil yo‘llari kasalliklarini keltirib chiqaradi.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə