Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə26/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   209
Микро амалий китоб

Aktinomitsetlar. Actinobacteria tipiga, Actinobacteria sinfiga va Actinomyces avlodiga kiritilgan. Aktinomitset hujayralari uzun va shoxlangan ipsimon, tayoqchasimon gram musbat bakteriyalar bo‘lib, zamburug‘lar singari mitseliya hosil qiladi, lekin ulardan farq qilib substratli mitseliy hosil qiladi. Substratli mitseliyasi hujayrani oziq muhitlarga o‘sib kirishini ta’minlaydi. Boshqa bakteriyalar singari aktinomitsetlar anilin bo‘yoqlari bilan bo‘yaladi. Odatda ular oddiy yoki Gram usuli bilan bo‘yaladi. Mitseliya iplarining uzunligi 100-600 mkm, eni 0,2-1,2 mkm. Aktinomitsetlar sporalar hosil qilib ko‘ndalangiga bo‘linib, kurtaklanib ko‘payadi. Ular kapsula, xivchin hosil qilmaydi. Aktinomitsetlar o‘z nomini to‘qima shakliga qiyoslab olgan, ya’ni jarohatlangan to‘qimalarda aktinomitsetlar druz shaklida (19rasm), bir-biriga chirmashib ketgan iplar (nur sochuvchi) ko‘rinishida bo‘lib markazdan boshlanib kolbasimon yo‘g‘onlashib tugaydi (yunoncha actis- nur, mykes

  • zamburug‘).


Druza


19-rasm.

Aktinomitsetalar asosan tuproqda uchraydi. Aerob nafas
oluvchi, Gr+ bo‘yaladi.
Aktinomitsetlar nomi - nursimon zamburug‘ - Aktinomiyces so‘zidan olinib aktinomikoz kasalligini keltirib chiqaradi. Oddiy oziq muhitlarda yaxshi o‘sadi.
Streptomiyces avlodiga streptomitsetlar kiradi, bularni mitseliyalari har doim saqlanib qoladi. Ba’zi avlodga kiruvchi aktinomitsetlarni mitseliyalari parchalanib tayoqchasimon hujayralarga aylanib qoladi. Streptomitsetlardan streptomitsin antibiotiki olinadi.
To‘qimada yiringli oqma yara hosil qiladi. Kontakt yo‘l bilan va
og‘iz orqali oziq-ovqatlardan yuqadi.



Zamburug‘larlar


Zamburug‘lar har xil shakllarga (dumaloq, tuxumsimon, noksimon, to‘g‘nog‘ichsimon, amyobasimon) ega. O‘lchamlari bir necha mkm dan (achitqi zamburug‘lari) o‘n va yuzlab mkm gacha bo‘ladi. (mukor mog‘orlari) Xujayra devori har xil qalinlikda, yuzasi har xil: to‘lqinsimon, g‘adir-budir, ayrimlarida nozik tuklar bilan qoplangan bo‘ladi. YOsh hujayralarning sitoplazmasi gomogen, etuk hujayralarda esa donadar bo‘ladi.




Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə