Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə34/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   209
Микро амалий китоб

Sun’iy muhitlar. Bular ma’lum kimyoviy moddalardan tayyorlaniladi, shuning uchun ular doimiy va aniq tarkibga ega bo‘ladi. Ular tabiiy moddalarga o‘xshab ballast (begona oqsillar) tutmaydi. Bu muhitlar ancha murakkab tarkibga (aminokislotalar, vitaminlar, pirimidin, uglevodlar, mineral tuzlar va bosh. moddalar) ega bo‘ladi. Bularga 199, Igla muhitlari kiradi.
Hujayra kulturalari. Hujayra kulturasi odam, hayvonlar, yoki parandalar va boshqa biologik ob’ektlar to‘qimasidan tayyorlanadi. Hujayra kulturasini tayyorlash quyidagi bir necha ketma-ket bosqichdan iborat:

    • to‘qimani olish, qondan, keraksiz to‘qimalardan tozalash va maydalash.

    • tripsin ta’sir ettirib, hujayralarni bir-biridan ajratish.

    • hosil bo‘lgan bir jinsli hujayralar suspenziyasini yuvib, tripsindan tozalash.

    • tayyorlangan hujayra kulturalarini sanash va hujayrani ma’lum miqdordagi suspenziyasini tayyorlash.

    • hujayra kulturalarini viruslarni undirishda qo‘llaniladigan mahsus shisha probirka, flokon (matraslar) larda, hujayralarning o‘sishini ta’minlab beradigan oziqli muhitlar qo‘shib saqlash.

Hujayra kulturalarini olishda va saqlashda yuqorida keltirilgan oziqli muhitlardan foydalaniladi.
Hujayra kulturalarini bakteriyalar bilan ifloslanib qolmasligi uchun, hujayra kulturalari bilan ishlashda qa’tiy aseptik qoidalarga rioya qilgan holda maxsus steril bokslarda ish olib boriladi va tekshirilayotgan materiallardagi qo‘shimcha mikroflorani ko‘payib ketishini oldini olish maqsadida oziqli muhitlarga antibiotiklar qo‘shiladi.
Hujayra kulturalarini tayyorlash usullari bo‘yicha fiksatsiyalangan to‘qima bo‘lakchalari kulturasi, bir qavatli, suspenziyalangan va organ kulturasi tafovut qilinadi.

  1. Bir qavatli hujayra kulturasi - kimyoviy neytral shisha, plastika laboratoriya idishlari yuzasiga bir qavat bo‘lib (monosloy) birikib oluvchi va ko‘payuuvchi hujayra kulturalaridir. Virusologiya amaliyotida eng ko‘p qo‘llaniladi.

  2. Suspenziyali hujayra kulturasi - oziqli muhitning hamma hajmida ko‘payuvchi hujayralar yig‘indisi bo‘lib, ular har doim aylantiruvchi magnit yordamida aralashtirib turiladi. Bunday hujayra kulturalari virusologik amaliyotda vaksina preparatlari olishda qo‘llaniladi.

  3. Fiksatsiyalangan to‘qima bo‘lakchalari kulturasi- maydalangan to‘qima bo‘lakchalari tovuq plazmasiga solinadi. Plazmada hosil bo‘lgan cho‘kmaga to‘qima bo‘lakchalari fiksatsiyalanadi. Uning ustiga antibiotiklar va Xenks eritmasi, embrion ekstraktidan tayyorlangan suyuq suspenziya qo‘shiladi.1-2 kundan keyin to‘qima bo‘lakchalari atrofida plazma fibrinlaridan hosil bo‘lgan to‘rda yangi hujayralar o‘sa boshlaydi.

Fiksatsiyalangan to‘qima bo‘lakchalari kulturasini olish va saqlash ancha murakkab jarayon bo‘lganligi sababli bu usulda olingan hujayra kulturalarini bir qavatli hujayra kulturasi amaliyotda siqib chiqarmoqda.
3) Organ kulturasi – birlamchi strukturasi o‘zgarmagan ma’lum organ bo‘lakchalari yoki to‘qima. CHegaralangan holda qo‘llaniladi.
Hujayra kulturasi va ularni undirib olish jarayonida bir qancha o‘nlab generatsiyalar (bir ko‘payish sikli) kuzatiladi. Hujayra kulturalarining hayot faoliyati saqlanib qoluvchi generatsiya sonlariga qarab bo‘linadi: birlamchi hujayra kulturalari, undiriladigan va yarim undiriladigan.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə