Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


Virusologik amaliyotda qo‘llaniladiga oziq muhitlar



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə33/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   209
Микро амалий китоб

Virusologik amaliyotda qo‘llaniladiga oziq muhitlar. Hujayra kulturasini saqlash va ko‘paytirishda murakkab tarkibga ega bo‘lgan muhitlar qo‘llaniladi. Bu muhitlar tarkibiga aminokislotalar, vitaminlar, odam yoki hayvon qon zardobi, mineral tuzlar kiradi va ularning rN buferli eritmalar stabil saqlaydi.
Hujayra kulturalari uchun tayyorlangan ko‘pgina oziqli muhitlar tarkibi tuzli eritmalardan iborat. Virusologik amaliyotda turli eritmalar hujayra kulturalarni organizimdan tashqarida yashashini ta’minlaydi va ularni tayyorlash jarayonida to‘qima va hujayralarni yuvishda qo‘llaniladi va virusologik oziq muhitlarni tayyorlashda asosiy manba bo‘lib hisoblanadi. Amaliyotda eng ko‘p Xenks va Erl tuzli eritmalari ishladiladi.
Virusologik amaliyotda qo‘llaniladiga oziqli muhitlar kelib chiqishiga qarab farqlanadi:

  1. Tabiiy oziq muhitlar (kam qo‘llaniladi);

  2. Oqsil moddalarning fermentativ gidrolizatlari;

  3. Sun’iy oziq muhitlar.

Tabiiy oziq muhitlar asosan tuzli eritmalar asosida tayyorlaniladi va ularga odam va hayvonlar zardobi, amniotik suyuqlik va embrional ekstrakt qo‘shiladi.
Zardoblar sog‘lom odam, ot, sigir, buzoq, tovuq, quyon va boshqalarning qon zardoblari ishlatiladi. Zardoblar olingandan kiyin ularni hujayra kulturalariga toksik ta’sirga ega emasligi aniqlanadi va uzoq muddat sovutkichlarda saqlanishi mumkin.
Amnion suyuqligi homilador hayvonlardan, ayollardan asseptika qoidalariga rioya qilgan holda olinadi. Amnion suyuqligi rezina tiqinli flokonlarda sovutkichlarda saqlanadi.
Embrional ekstraktlar asosan 10-12 kunlik tovuq yoki hayvonlar embrionidan tayyorlanadi. Embrion tanasi qondan tozalanib, maydalaniladi va teng hajmda biror tuzli eritma (ko‘pincha Xenks) qo‘shiladi 30 minut sentrifuga (3000 aylanma/min.) qilinadi. Olingan cho‘kma usti suyuqligi pipetkalar yordamida ajratib olinib muzlatkichlarda saqlanadi.
Fermentativ gidrolizat saqlovchi oziq muhitlar. Ko‘proq sut laktoalbuminining gidrolizati va kazein va shoxli hayvonlarni oqsil
gidrolizatlari ishlatiladi. Bu gidrolizatlardan oziq muhit tayyorlashda ularga tuzli eritmalar va 2, 4 va 10% gacha zardoblar qo‘shiladi.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə