Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


Mikroorganizmlar fiziologiyasi



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə46/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   209
Микро амалий китоб

Mikroorganizmlar fiziologiyasi deganda ularning:
1. Oziqlanishi 2. Nafas olishi 3. O‘sishi 4. Ko‘payishini o‘rganamiz. Mikroorganizmlarda moddalar almashinuvi jarayoni ya’ni metabolizm protsessi 2 ta bir-biriga qarama - qarshi bog‘langan ko‘rinishda o‘tadi:
1. Assimilyasiya (anabolizm) 2. Dissimilyasiya (katabolizm)
Assimilyasiya - protsessida moddalar parchalanishi natijasida xosil bo‘lgan energiya bakteriyani hayot faoliyati uchun zarur bo‘lgan metobolit va strukturalarni sinteziga sarflanadi.
Dissimilyasiya-protsessida esa oziq moddalar parchalanadi, oksidlanadi va hujayraning hayoti uchun kerak bo‘lgan energiya ajratib chikaradi.
Bakteriya hujayrasi o‘zlashtiradigan (hazm kiladigan) asosiy birikmalarga: uglevodlar, aminokislotalar, yog kislotalari, mineral tuzlar, vitaminlar va boshka kiradi. Bakteriyalar xayotida kerakli bo‘lgan elementlarga kiradi: S, N, 0,N,P, S, K, Ca,Mg,Fe. Mikroelementlardan: Mn, Mo, Zn, Si, So, Ni, Va, V, Cl, Na, Se Si, Wo va boshqalar-bu mikroelementlar kofermentlar sintezi uchun bakteriyalarga kerak.
Oziqlanish tiplari: Bakteriyalarning oziqlanish tiplari uglerod bilan azotni
hazm kilish xarakteriga qarab belgilanadi. Uglerodni hazm qilinishiga karab:

  1. Autotroflar - (grekcha autos-o‘zim, trophe-oziqlanish). Avtotrof bakteriyalar uglerod manbai qilib noorganik - SO2 dan foydalaniladi va ular oddiy moddalardan murakkab birikmalarni sintezlab oladi. Ular o‘zlarining o‘sishi uchun NaCl, K2HPO4, FeCl2, MgSO4, (NH4)2 SO4 larni oziq muhitga kiritish kerak.

  2. Geterotroflar - (grekcha heteros - boshqa, trophe-oziqlanish). Uglerod manbai bo‘lib xar xil (organik birikmalardagi), uglerod tutuvchi birikmalar - geksozalar (glyukoza) ko‘p atomli spirtlar, aminokislotalar, organik kislotalar hisoblanadi.

  3. Gipotrof - bular o‘zlarining metabolitik aktivligini yo‘qotgan mikroorganizmlar bo‘lib, bu bakteriyalar o‘zlarining xayot faoliyatlarini xujayra tuzilishini yoki xujayra metabolitlarini qayta tiklash bilan ta’minlaydi.

Geterotoflar 2 gruppaga bo‘linadi: 1. Saprofitlar, 2. Parazitlar.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə