Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


Mikroorganizmlarga kimyoviy moddalarning ta’siri



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə69/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   209
Микро амалий китоб

Mikroorganizmlarga kimyoviy moddalarning ta’siri.


Kimyoviy moddalar mikroorganizmlarga turliga ta’sir etishi mumkin. Ko‘pchilik mikroorganizmlar kimyoviy moddalarga g‘oyat sezuvchandir. Ba’zi bir kimyoviy modda bilan mikroorganizmlarga ta’sir qilganda mikroorganizm shu moddaga yaqinlasha boshlaydi, ba’zida esa boshqa bir mikroorganizmlarga kimyoviy modda ta’sir qildirilganda undan qochib uzoqlashadi. Bu hodisaga ximiotaksis deyiladi. Bu esa mikroorganizmlarni kimyoviy moddalarga sezgirligidan dalolat beradi. Buni bilishimiz uchun bir idishdan suvga harakatchan mikroorganizm kulturasidan aralashtirib unga shakar eritmasi to‘ldirilgan bir kapilyar naycha botiriladi. SHundan keyin esa suvdagi mikroblar kapilyarlarning uchidagi teshikka to‘plana boshlaydi. Bu o‘ziga tortuvchi ximiotaksis deyiladi. Aksincha ishkor yoki kislota quyilgan bo‘lsa mikroblar kapilyar atrofidan uzoqlasha boshlaydi. Bu esa uzoqlashtiruvchi ximiotaksis hisoblanadi. Kimyoviy moddalarni mikroorganizmlarga ta’sir qilishiga qarab yuza aktiv moddalarga fenol va uning xosilalariga bo‘yoqlar, og‘ir metal tuzlari, oksidlovchilarga va formaldegid gruppasiga bo‘linadi.
Dezinfeksiya. Dezinfeksiya bu atrof muhitdagi ob’ektlarni mikroorganizmlardan zararsizlantirish ya’ni odamlar va hayvonlar uchun patogen
bo‘lgan mikroorganizmlarga qarshi kimyoviy va fizik usullar bilan kurashishdir. Dezinfeksiyalovchi moddalarning quyidagi eritmalari ko‘proq ishlatiladi. 3-5% li fenol yoki karbol kislotasi, 1-2-3% li lizol, 0,5-2-3 % xloramin, 2-4-10-20% li xlorli oxak, 70% li spirt va h.k.
Sterilizatsiya. Sterilizatsiya bu mikroorganizmlarni sporali va vegetativ formalaridan butunlay halos bo‘lishga aytiladi. Sterilizatsiya qilishni bir necha usullari bor. 1)Spirt lampasi yoki gaz gorelkasida cho‘g‘lantirib sterilizatsiya kilish. Bu usul bilan bakteriologik halqa, buyum oynachalari, pinsetlar va boshqa metal va shisha idishlar sterillanadi. 2) Qaynatish yo‘li bilan sterillash. Bu usul 20-30 minut davomida maxsus metal sterilizatorliklarda amalga oshiriladi. Bunda shpritslar, mayda jarrohlik asboblari, shisha buyumlari qaynatib sterillanadi. Qaynatilayotgan suvga 1-2% li bikirbonat nartiy eritmasi qo‘shiladi bu esa sterilizatsiya qilinayotgan buyumlarni yaxshi tozalaydi va qaynash temperaturasini oshiradi. Bu usulni kamchiligi shundan iboratki, bu usul to‘lik sterillash imkonini bermaydi, ya’ni sporali bakteriyalar va ayrim viruslar yashash qobiliyatini saqlab qoladi.


  1. Yüklə 5,17 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə