Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


Mikroorganizmlarga yorug‘likning ta’siri



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə68/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   209
Микро амалий китоб

Mikroorganizmlarga yorug‘likning ta’siri.


Bevosita tushib turadigan quyosh nuri ko‘pchilik mikroorganizmlarga zararli ta’sir etadi. Faqat oltingugurt to‘plovchi pur-purlik bakteriyalargina o‘z rivojlanishi uchun quyosh yorug‘lik talab qiladi. Bular dengiz tagida yashovchi va yorug‘ga tomon harakatlanuvchi mikroorganizmlar bo‘lib ularda fototropizm hodisasi ko‘riladi. Patogen mikroblar quyosh ta’siridan bir necha soatda o‘ladi. SHuning uchun mikroorganizm kulturasini kun tushmaydigan joylarda saqlash lozim. Sil tayoqchalariga o‘xshash chidamli mikroorganizmlar ham to‘g‘ri tushgan quyosh nurining ta’sirida qisqa vaqt ichida o‘ladi. Agar balg‘amni buyum oynasiga yupqa qilib surtib to‘g‘ri tushuvchi quyosh nuriga qo‘yilsa mikroblar 20-30 minut mobaynida halok bo‘ladi. YAna quyosh nurining mikroorganizmlarga ta’sirini oddiy tajriba yordamida bilib olsa bo‘ladi. Masalan: petri kosachasiga yupqa qilib qo‘yilgan go‘sht pepton agariga qorin tifi tayoqchasini sidirga qilib ekiladi va tif tayoqchasi ekilgan Petri kosachasini tashqi yuzasiga qora qog‘ozdan qirqilgan harflar yopishtiriladi. So‘ngra Petri kosachasi to‘g‘ri quyosh nurida 1-2 soat nurlantiriladi ya’ni qoldiriladi. SHundan so‘ng yopishtirilgan harflar ko‘chirib olinadi va Petri kosachasi 370S haroratli termostatda 1 sutka qoldiriladi. Bir sutkadan keyin qora qog‘ozdan harf yopishtirilib quyosh nuridan saqlangan qismlardagina mikroblar sidirg‘a bo‘lib o‘sib chiqqanligi kuzatiladi.
Har xil nurlantirish mikroorganizmlarga bakteriotsid yoki sterillash darajasida ta’sir etadi. Bularga ultrafiolet nurlar, rentgen nurlari, gamma nurlar va boshqalar misol bo‘la oladi.
Qisqa to‘lqinli nurlar palatalarni dezinfeksiya qilishda materiallarni zararsizlantirishda vaksina tayyorlashda operatsion xonalarni mikroorganizmlardan tozalashda qo‘llaniladi.

Mikroorganizmlarga baland bosimni va harakatning ta’siri.


Atmosfera bosimi har qancha baland bo‘lsa ham mikroorganizmlarga ta’sir etmasligi aniqlangan. Dengiz ostida 100 atmosfera bosimi –900 atm. Bosimida tirik bakteriyalar uchrashi mumkin. Umuman 3000 atm. Bosimning bakteriyalar mog‘orlar, drojjalarga ta’sir etmasligi xattoki ba’zi bir patogen viruslarga - 5000 atm bosimi ta’sir etmasligi aniqlangan (masalan, achitqilarni bijg‘ish xususiyatini xatto 5000 atm bosim ham to‘xtata olmaydi). Bakteriotsid ta’sir qilish qobiliyatiga ultratovush xarakterlidir. Ultra tovushlarni ta’sir qilish mexanizmida bakteriya sitoplazmasida gravitatsion bo‘shliq xosil bo‘lib, suyuqlik bug‘lari bilan to‘ladi. Unda 10000 atm bosim xosil bo‘lib sitoplazma tuzilishining dezintegratsiyasiga olib keladi.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə