Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


Quruq issiqlik bilan sterillash



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə70/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   209
Микро амалий китоб

Quruq issiqlik bilan sterillash. Bu usul 165-1800S gacha qizdirilgan havoning mikroorganizmlarni o‘ldirish xususiyatiga asoslangan. Buning uchun Paster pechidan foydalaniladi. Bu qo‘sh devorli metall shkaf bo‘lib sirtdan issiqlikni yomon o‘tkazadigan modda bilan qoplangan. Ustki devorini teshigiga termometr qo‘yiladi. Asbob pastidan primus gaz gorelkasi yoki elektr toki bilan ishlatiladi. YUqori temperaturada paxtali probka idish o‘ralgan qog‘ozlar biroz qo‘yilib jigarrang yoki qora rangga aylanadi. Past temperaturada esa uzoq vaqt sterillashga to‘g‘ri keladi. Quruq issiqlik bilan shisha idishlar Petri kosachasi, probirka, pipetka va boshqalar sterillanadi. 4) Avtoklavda bug‘ bilan bosim ostida sterillash. Avtoklav jips yopiladigan qalin qopqoqli va ko‘sh ichki tashqi qozondan iborat bo‘lib sirtdan metall g‘ilof bilan qoplangan. Tashqi qozonga suv quyiladi, ichki qozonning teshiklari bo‘lib ular orqali tashqi qozondan chiquvchi bug‘ o‘tib turadi. Ichki qozonning tagida bug‘ni chiqarib yuboradigan naycha kiritiladigan teshik qilingan bu nayning oxiri chiqarish jo‘mragi bilan tugaydi. Avtoklavni yon devoriga manometr biriktirilgan. Manometr avtoklav ichidagi suv bug‘larining bosimini ko‘rsatib turadi avtoklavni

yon devoridan ehtiyot klapani va suv o‘lchovchi naycha bor. Avtoklavdagi bosim shu avtoklav uchun belgilangan miqdordan oshib ketsa ehtiyot klapani ortiqcha bug‘ni avtomatik ravishda chiqarib yuboradi. Sterilizatsiya quyidagi tarzda amalga oshiraladi. Avval voronka orqali tashqi qozonga suv quyiladi va sterilizatsiya qilinadigan narsalar oziq muhitlar bikslardagi bog‘lov materiallari va x.k. ichki qozonga joylanadi. So‘ngra qopqoqdagi vintlar burab mahkamlanadi va kuchli gaz alangalari yoki elektr toki yordamida avtoklav isitiladi. Bunda chiqarish jo‘mragi ochib qo‘yilishi kerak. Suv qaynagandan keyin avtoklav devorlari orasidan ko‘tariluvchi bug‘ ichki qozonga kirib undagi havoni qisib chiqaradi, bu havo chiqarish jo‘mragi orqali chiqib ketadi. Bug‘ sekin-asta avtoklavni hamma bo‘shliklarini to‘ldiradi. CHiqarish jo‘mragidan uzluksiz kuchli bug‘ okib chiqa boshlashi bilan jo‘mrak yopiladi. SHundan so‘ng manometr strelkasi kuzatilib turiladi. Bug‘ bo‘shliqda qolib to‘plana boshlaydi uning bosimi oshadi buni esa monometr qayd qiladi: monometrdagi o raqami normal atmosfera bosimiga mos keladi. Sterilizatsiya protsessi tamom bo‘lgach alangalar o‘chiriladi yoki elektr toki berish to‘xtatiladi va monometr strelkasi 0 ga tushib avtoklav sovugunga qadar turiladi. SHundan keyin chiqarish jo‘mragi asta-sekin ochiladi bug‘ sekin chiqarib yuboriladi, avtoklav ochiladi va undan sterilangan materiallar olinadi. Agar avtoklav monometri strelkasi 0 ga tushmasdan oldin ochilsa bosimning tez pasayishi tufayli suyuqlik probirkalarni otib yuborib, idishlardan to‘kilab ketishi mumkin. Avtoklavda bug‘ bilan bosim ostida sterillash bu eng samarali sterillash usullaridan biri bo‘lib faqatgina mikrobiologiya amaliyotida emas balki klinik meditsinada ham keng qo‘llanilmoqda. Avtoklavda ishlash uchun maxsus qo‘llanma va havfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish lozim. Ko‘pchilik oziq muhitlar bog‘lam uchun ishlatiladigan materiallar 1 atm bosimida 15-20 minut mikrob tushgan materiallarni zararsizlantirish uchun 1,5- 2 atm bosimida 20-25 min davomida sterillanadi. Avtoklavni to‘g‘ri ishlab turganligini tekshirish uchun yuqori temperaturada eriydigan kimyoviy moddalar: benzonaftol, benzol kislotasidan va boshqalardan foydalaniladi.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə